Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA BAZALT TOLA HAMDA BAZALT IZOLYATSIYALI SENDVICH PANELLAR ISHLAB CHIQARILADI

×

 2022-09-16 01:10:46    168

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona tumanidagi o’rganishlar jarayonida tumanning Yangi asr MFY hududida “MIRKO” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bazalt tola va sendvich panel ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 2,5 mln. dollar bo’lgan ushbu korxonada yiliga bazalt asosidagi 12 ming tonna issiqlik ushlovchi materiallar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Shuningdek, ishlab chiqarilgan bazalt tolasidan foydalangan holda yillik 250 ming m.kv. sendvich panellar ham tayyorlanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki bozor bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushiriladigan korxonada 230 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Korxonaga Xitoydan so’nggi rusumdagi ishlab chiqarish texnologiyasi olib kelib, o’rnatilmoqda.

Loyiha tashabbuskorlarining avvalgi kredit uchun garovga taqdim etilgan mol-mulkning bir qismini garovdan yechish hamda 500 ming dollar miqdorida qo’shimcha kredit olishga ko’maklashish yuzasidan viloyat hokimiga murojaatlari ijobiy hal etiladigan bo’ldi.

Bazalt tolasi qurilish sanoati korxonalari, kimyo, neft-gaz va elektr energiyasi sohalarida keng qo’llanadi. Yangi uy-joy qurilishida issiqlik ushlovchi materiallarning qo’llanishi energiya yo’qotilishini 50 foizga kamaytirishga yordam beradi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram