Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 402 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XORIJDAN KELTIRILGAN MAHALLIY IQLIMGA MOS SOYA NAVLARI YETISHTIRILDI

×

 2022-10-03 12:33:41    113

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilda viloyatimizda jami 9 ming 542 gektar maydonda moyli ekinlar parvarishlandi. Xususan, Rishton tumanida “Obod bog’ bog’boni” fermer xo’jaligi tomonidan 2.5 gektar maydonga moyli ekinlar ekilib, har gektaridan 30 tsentnerdan hosil olindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, yangi tarmoq fermer xo’jaligiga 50 million so’mdan ortiq daromad olish imkonini berdi. O’simlik poyasi esa xo’jalik chorvasi uchun to’yimli ozuqa vazifasini o’tamoqda.

E'tiborlisi, Farg’ona dehqonchilik maktabi uchun noan'anaviy bo’lgan ekinlarni ekish, xususan, dukkakli don ekinlaridan bo’lgan soya va kungaboqar o’simligini yetishtirish takomillashib bormoqda. Bu yo’nalishda ish olib borishga ixtisoslashgan “Agro green Iife“ mas'uliyati cheklangan jamiyati moyli ekinlar klaster xo’jaligi tashkil etilgan. Klaster fermer va dehqon xo’jaliklariga 4 ming 542 gektar maydonga soya va kungaboqar urug’i yetkazib berdi, ekinlarni parvarishlash bilan bog’liq agrotexnik jarayonda ham ko’maklashdi. Pishib yetilgan hosilning birlamchi xaridori ham klaster bo’ldi.

“Xorijdan “Atias”, “Arisoy” kabi soya navlari olib kelib ekildi. Bu navlar mahalliy iqlim sharoitimizga mos, serhosilligi bilan ajralib turadi. Ilk mavsumda 15,9 ming tonna soya, 2,5 ming tonna kungaboqar hosili olishni ko’zlab turibmiz. Mahsulotning asosiy qismini soya yog’i va uni tashkil etadi. Uning doni tarkibida 50 foiz oqsil, 20 foiz moy mavjud. Donidan xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan 400 dan ortiq mahsulotlar olinadi”, - deydi klaster xo’jaligi rahbari Akbarxon Nizamov.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram