Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 262 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUDAPESHTDA BO’LIB O’TGAN O’ZBEKISTON-VENGRIYA BIZNES-FORUMIDA FARG’ONA VA VENGRIYA O’RTASIDA IQTISODIY HAMKORLIK BO’YICHA QATOR KELISHUVLARGA ERISHILDI

×

 2022-10-04 17:49:50    110

PDF yuklash
Chop etish


3 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapesht shahrida O’zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo’lib o’tdi. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o’tkazilgan forumda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida Vengriyaning vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, banklari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazilib, Farg’ona viloyati va Vengriya o’rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beruvchi qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

Vengriya Eksimbanki bilan O’zkommunxizmat agentligi orqali Buvayda tumani ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasi uchun 20 million yevro kredit ajratish bo’yicha kelishib olindi.

Uzbek-Hungarian economic development kompaniyasi va Quvasoydagi “Kvarts” AJ o’rtasida shisha qadoqlar yetkazib berish bo’yicha 10 million dollarlik qiymatga ega memorandum imzolandi. Hujjatga asosan Vengriyaga mahsulot yetkazib berish 2023 yil yanvar oyidan boshlanadi.

Parranda naslchiligi sohasida dunyoning yirik kompaniyalari uchtaligiga kiruvchi Vengriyaning “Bobolna Tetra” kompaniyasi va Quvasoydagi “Chicken 555” MChJ o’rtasida qiymati 3 million dollarlik parranda naslchiligiga ixtisoslashgan majmuani tashkil qilishga kelishildi.

Vengriyaning Mad Wine kompaniyasi bilan Farg’ona tumanidagi “Fergana France” qo’shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan sharoblarni Vengriyaga eksport qilish, shuningdek, uchinchi davlatlarga birgalikda sotish bo’yicha hamkorlik o’rnatildi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlari urug’chiligiga ixtisoslashgan Magyar Burgonya Innovációs (Vengriya kartoshkachilik innovatsiyasi markazi) So’x tumanida urug’lik kartoshka yetishtirish bo’yicha loyiha amalga oshiradigan bo’ldi.

Vengriyaning chorva va parranda ozuqalari yetishtirishda eng yirik Agrofeed kompaniyasi bilan viloyatimizda baliq va parranda ozuqalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Loyiha hajmi kompaniya rahbarlarining noyabr oyida viloyatimizga tashrifi doirasida Farg’ona vodiysi talablarini o’rganish natijasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan bo’ldi.

Barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram