Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
6 OKTYABRDA MARG’ILONDA VA 8 OKTYABRDA QO’QONDA BO’LIB O’TADIGAN SAVE ARAL – 2022 YUGURISH MARAFONIDA ISHTIROK ETING!
2022-10-05 14:43:07 108
Joriy yilning 6 oktyabr kuni Marg’ilon shahri hamda 8 oktyabr kuni Qo’qon shahrining markaziy ko’chalarida “Orolni saqlaymiz!” shiori ostida “Save Aral – 2022” yugurish marafoni bo’lib o’tadi.
2019 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan mazkur marafonda ko’ngilli sportchi yoshlar, professional sportchilar, harbiylar hamda barcha yoshdagi aholi qatlami vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Marafonda keksalar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar qatnashishlari uchun ham imkoniyat mavjud.
Musobaqa g’olib va sovrindorlari hamda faol ishtirokchilari alohida nominatsiyalar bo’yicha viloyat hokimligi hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.
Eslatma: marafonlar 6 oktyabr kuni Marg’ilon shahrining Mustaqillik va A.Yassaviy ko’chalari kesishmasida hamda 8 oktyabr kuni Qo’qon shahrining Turon va Movaraunnahr ko’chalarining kesishmasida soat 09:00 da start oladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram