Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA POSCO INTERNATIONAL TEXTILE KOMPANIYASI TOMONIDAN BARPO ETILGAN YOSHLAR TA'LIM MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-10-05 19:10:41 331
Farg’ona shahrida Posco International Textile kompaniyasi tomonidan barpo etilgan Yoshlar ta'lim markazini foydalanishga topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sang ishtirok etdilar.
Kompaniya tomonidan qurilish va jihozlash ishlari uchun 550 ming dollar miqdorida mablag’ sarflangan ushbu markazda, yaqin hududlarda yashovchi yoshlarga ingliz tili va axborot texnologiyalari bo’yicha bepul 3 oylik o’quv kurslari tashkil etildi. Hozirda bu yo’nalishda 20 nafar o’quvchi qabul qilingan bo’lsa, kelgusida o’quvchilar soni 60 nafarga yetkaziladi. 8 oyda qurib foydalanishga topshirilgan markazda korxonada faoliyat olib boruvchi ishchi xodimlar uchun kasbiy malaka oshirish ham yo’lga qo’yiladi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona viloyati va Koreya Respublikasi o’rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini qayd etib, ushbu markaz viloyatimiz yoshlariga zamonaviy bilimlar berishda, xalqaro talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashda yana bir muhim qadam bo’lishini ta'kidladi.
Koreya Respublikasining eng yirik korporatsiyalaridan biri bo’lgan “Posco International” tomonidan Farg’ona shahrida tashkil etilgan “Posco International Textile” korxonasi 1996 yildan beri faoliyat ko’rsatib keladi. Shuni qayd etish kerakki, kompaniyaning yurtimizdagi 4 ta yirik ishlab chiqarish fabrikasidan 3 tasi Farg’ona viloyatida joylashgan. Ushbu korxonalarda jami 3200 dan ziyod hamyurtlarimiz doimiy ish o’rni bilan ta'minlangan. Yangi tashkil etilgan paxtachilik klasterida ham 500 ta yangi ish o’rni yaratildi.
“Posco International Textile” kompaniyasining viloyatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni haqida gapirganda, yana shuni aytib o’tish kerakki, ushbu kompaniya Respublikamizdagi tekstil korxonalari ichida eng yirik soliq to’lovchilardan biri bo’lib, o’tgan 2021 yilda to’langan soliqlar hajmi 75 milliard so’mdan ziyod bo’lgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram