Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 283 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O’YININING RESPUBLIKA BOSQICHI G’OLIBI BO’LGAN FARG’ONA TUMANI 36-MAKTAB JAMOASI A'ZOLARI BILAN UCHRASHDI

×

 2022-10-12 12:54:25    162

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Zakovat” intellektual o’yinining yakuniy Respublika bosqichi g’olibi bo’lgan Farg’ona tumani 36-maktab jamoasi a'zolarini qabul qildi. Jamoa ustozi Muattar Najmiddinova, jamoa sardori Dilmurodjon Davlatov, Farrux No’monjonov, Mo’min O’roqboyev, Mirzobek Fozilov, Gulshoda Rahmatjonova va Mubina Sirojiddinovalar bilan o’tkazilgan uchrashuvda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov ham ishtirok etdi.

9 oktyabr kuni bo’lib o’tgan umumta'lim maktablari o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining yakuniy Respublika bosqichida birinchi o’rinni egallagan viloyatimiz vakillarini bu katta muvaffaqiyat bilan qutlagan viloyat rahbari, Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod maktablar orasida erishilgan ushbu g’alaba, jamoa a'zolarining bilim va mehnatlari natijasi, shuningdek, yurtimizda ta'lim uchun yaratilgan sharoitlardan to’g’ri foydalanayotgan maktab jamoasining, barcha ustozlarning say'-harakatlari samarasi ekanini qayd etdi. Bugunning qahramonlari bo’lgan Farg’ona tumani 36-maktab jamoasi a'zolarining bu yutug’i, qolgan tengdoshlari uchun intilish nuqtasi bo’lishi kerakligini ta'kidlagan viloyat hokimi, ularning har biri haqida, g’oliblikkacha bo’lgan ibratli yo’li to’g’risida matbuotda, televideniyeda alohida maqolalar, ko’rsatuvlar berish bo’yicha mas'ullarga uchrashuv chog’ida ko’rsatma berdi.

Xayrullo Bozorov musobaqa nizomiga ko’ra, OTMlarga imtihon sinovlarisiz qabul qilinishi belgilangan o’quvchilarni talabalik bilan ham qutlab, mamlakatimizni jahon intellektual maydonida yuqori darajaga chiqarish yo’lidagi kelgusi ishlarida omad tiladi.

Uchrashuv yakunida jamoa ustozi va a'zolariga viloyat hokimining sovg’alari topshirildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram