Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 332 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ UZUMI ITALIYA TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA QADOQLANIB, EKSPORT QILINMOQDA

×

 2022-10-13 14:49:01    110

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida 3 ming 500 gektar uzumzorlar bo’lib, joriy yilda uzum eksporti hajmi 30 ming tonnadan oshishi kutilmoqda.

Qish-bahor mavsumida ham ichki bozorga uzum yetkazib berish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida tumanda 68 ming 800 tonna sig’imga ega 83 ta muzlatgichli omborxonalar tashkil etilgan.

Yaqinda tumandagi “Qapchug’ay mevalari” agrofirmasida Italiyadan zamonaviy qadoqlash texnologiyasi olib kelib o’rnatildi. Hozirda Oltiariq uzumi ixcham qutilarga qadoqlangan holda eksportga jo’natilmoqda. Bu mevani sifatli saqlash, chiroyli ko’rinishga ega bo’lishini ta'minlash hamda tashishga yaroqlilik muddatini oshirish imkonini beradi.

Yangi loyihaning ishga tushirilishi natijasida 10 dan ortiq doimiy ish o’rinlari yaratildi. Shuningdek, talab va ehtiyojga qarab mavsumiy ishchilar ham jalb etiladi.

- Mahsulotning bozorda o’z o’rniga ega bo’lishi, xaridorgirligini oshirishda uning ko’rinishi, sifati va dizayni muhim ahamiyatga ega, - deydi tadbirkor Husanboy Sanginov. - Uzum o’rtacha 0,8-1 kg hajmda qadoqlanishi xaridorlarga manzur bo’lmoqda. Bunda mahsulot sifati borasida unda hech qanday ikkilanish bo’lmaydi.

Ta'kidlash kerakki, loyiha tashabbuskorlari ushbu tajriba yaxshi samara bersa, ish hajmi va ko’lamini oshirish, shuningdek, erta bahordan gilos, shaftoli, o’rik singari sarxil mevalarni ham Italiya texnologiyasi yordamida qadoqlagan holda eksportga chiqarishni rejalashtirmoqdalar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram