Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 197 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“O’ZBEK TILI” DARSLIGINI YARATGAN MA'RIFATPARVAR OLIM ASHURALI ZOHIRIYNING ILMIY MEROSI O’RGANILMOQDA

×

 2022-10-14 12:26:14    108

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Qo’qon shahridagi Amiriy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, shahar hokimligi, axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “O’zbek tili” darsligini yaratgan atoqli olim Ashurali Zohiriyning boy merosi va bugungi kundagi ahamiyati xususida so’z yuritildi.

O’zbek tilini avloddan – avlodga yetkazishda buyuk allomalarimiz, jadidchilar va ziyolilarning xizmati beqiyosligi, ular qatorida O’zbek tilining taraqqiyotida qatag’on qurboni Ashurali Zohiriyning ham xizmati katta bo’lganligi, O’zbek tili darsliklarini yaratishda shu kabi ma'rifatparvar insonlarning merosi muhim manba bo’lishi qayd etildi.

Ashurali Zohiriy Qo’qon adabiy muhiti ta'sirida o’zbek adabiyotshunosligi rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan olimlardan biri bo’lgan. O’zbek mumtoz adabiyotining nodir namunalarini xalqqa yetkazishda alohida jonbozlik ko’rsatgan. Uning o’zbek jurnalistikasi rivojida ham xizmati katta. “Sadoi Farg’ona”, “Xalq gazeti”, “Mehnat bayrog’i”, “Farg’ona”, “Yangi Farg’ona” gazetalarida adabiy xodim bo’lib ishlab, matbuot tilini shakllantirish, insonlarga ma'rifat ulashish faoliyati bilan shug’ullangan. 

Bir so’z bilan aytganda, Ashurali Zohiriy milliy uyg’onish davrining taniqli ma'rifatparvar ziyolisidir. U o’zining bor bilim va imkoniyatini xalqni ma'rifat bilan tarbiyalash, milliy ta'lim tizimini joriy etish, o’zbek tilini takomillashtirish va qadrini oshirishga bag’ishlagan.

Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Qo’qon davlat pedagogika instituti dotsenti Ilhomjon Madrahimov va boshqalar o’zbek tilining taraqqiyotida qatag’on qurboni Ashurali Zohiriyning xizmati katta bo’lganini ta'kidladi. O’zbek tili darsliklarini yaratishda shu kabi ma'rifatparvar insonlarning merosi muhim manba bo’lishi alohida qayd etildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram