Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 313 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVA TUMANIDA VILOYAT BOSH MUTAXASSISLARI TOMONIDAN TIBBIY KO’RIK VA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2022-10-14 13:55:22    120

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumani tibbiyot birlashmasida viloyat bosh mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan tibbiy ko’rik tashkil etildi. Unda kardiolog, nevropatolog, revmatolog, nefrolog, urolog, ftiziatr, bolalar pulmonologi kabi tor doiradagi mutaxassislar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazdi.

Jarayonda 310 nafar fuqaro qatnashdi. Tekshiruvlar davomida aniqlangan kasalliklar bo’yicha aholiga zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Shundan 80 nafar fuqarolarga ambulator sharoitda, qolgan 20 nafar fuqaroga shifoxonada davolanishga yo’llanmalar berildi. O’tkazilgan tibbiy ko’rik natijasiga ko’ra, 30 nafardan ortiq fuqarolarga 120 xil turdagi dori-darmonlar bepul tarqatildi. Shifokorlar tomonidan sog’lom turmush targ’iboti va kasalliklar profilaktikasi bo’yicha aholining tibbiy madaniyatini oshirish mavzularida suhbatlar o’tkazildi.

Shuningdek, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’ining o’tkazgan sayyor qabulida 10 nafardan ortiq fuqaro murojaat qildi. Ulardan 5 nafari imtiyozli tibbiy xizmat uchun order olish haqida bo’ldi va imtiyozli order berish tartibi tushuntirildi.

Bir qator murojaatlar bo’yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berilib, har bir murojaat viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbariyatining nazoratiga olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram