Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA “MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MASKANI” BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-10-14 19:13:42 143
So’nggi ikki yilda Farg’ona viloyatida 9 ta hududda zamonaviy Ma'naviyat va ma'rifat maskanlari tashkil etildi.
Marg’ilon shahridagi “Uzumzor” MFY hududida joylashgan va bugun foydalanishga topshirilgan Ma'naviyat va ma'rifat maskani ham ana shularning biri bo’ldi. Bu yerda 29-umumta'lim maktabining bo’sh, foydalanilmasdan turgan uch qavatli binosi qayta ta'mirlandi, jihozlash ishlari uchun qo’shimcha 400 million so’mga yaqin mablag’ sarflandi.
Endilikda ushbu maskanda turli tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari o’tkazish mumkin. Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilar, hunarmandlar uchun alohida xonalar ajratilgan. Tasviriy san'at, munchoqli bezash kabi o’ndan ortiq to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yildi. Anjumanlar zalida esa turli tadbirlar tashkil etiladi. Boy kitob fondiga ega kutubxona marg’ilonliklar ixtiyorida.
Binoga kirish qismida Respublikamiz va viloyatimiz hududlaridan yetishib chiqqan allomalar, shoir va yozuvchilar hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi kompozitsiya joylashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram