Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
HAMIDULLO INOMOV FARG’ONA TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI
2022-10-17 12:36:45 733
Bugun bo’lib o’tgan xalq deputatlari Farg’ona tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko’rildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma'muriyatchiligi departamentida boshqarma bosh inspektori bo’lib ishlab kelgan Inomov Hamidullo Tadjiyevich Farg’ona tumani hokimi etib tayinlandi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va nutq so’zladi.
Prezidentimiz olib borayotgan bugungi siyosatda inson manfaati eng ustuvor vazifa deb belgilanganini ta'kidlagan viloyat hokimi, har bir ijro organi rahbari bir maqsad – xalq roziligi yo’lida mehnat qilishi lozimligini, qonun ustuvorligini ta'minlashi va samarali ijro intizomini yo’lga qo’yishi kerakligini qayd etdi.
Sessiyada sobiq hokim Shuhrat Mo’minov faoliyatida kamchiliklar ko’zga tashlangani ham ta'kidlandi.
Shundan so’ng viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi nomzodni tanishtirdi, Farg’ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan nomzod bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi va Hamidullo Inomov Farg’ona tumani hokimi etib tasdiqlandi.
So’z olgan tuman faollari yangi hokim atrofida birlashishga va tuman rivoji uchun yanada ko’proq mehnat qilishga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.
Farg’ona tumani hokimi lavozimida ish boshlagan Hamidullo Inomov bildirilgan ishonchni oqlashga va tumanning barcha sohalardagi ko’rsatkichlarini tubdan yaxshilash yo’lida ish tashkil etishga so’z berdi.
Hamidullo Inomov 1982 yilda Buvayda tumanida tug’ilgan. 2004 yilda Farg’ona davlat universitetini, 2020 yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qo’qon shahrida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Turli yillarda “Universalbank”ning, “Mikrokreditbank” Farg’ona viloyat filialining yuridik xizmatlariga rahbarlik qilgan. 2017-2020 yillarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari - Davlat mehnat huquq inspektsiyasi boshlig’i bo’lgan. 2020 yildan buyon Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma'muriyatchiligi departamenti Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasida yetakchi inspektor, bosh inspektor vazifalarida faoliyat yuritib kelgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram