Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TEKSTIL MAHSULOTLARINI GERMANIYA VA YEVROPA BOZORLARIGA OLIB CHIQISH IMKONIYATLARI KENGAYADI

×

 2022-10-19 22:48:42    142

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi (Gesamtmasche) hamda Sequa xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona paxta-to’qimachilik sanoati mahsulotlarini Germaniya va YEvropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, buning uchun viloyatga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda O’zbekiston va Germaniya munosabatlari turli yo’nalishlarda mustahkamlanib borayotgani, xususan, Farg’ona viloyati bilan Germaniya o’rtasida hamkorlik aloqalari delegatsiyalar tashrifi doirasida yaxshi yo’lga qo’yilgani ta'kidlandi.

Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi bosh menedjeri Silvia Jangbauyer, Germaniya tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha orqali zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan ishchi-mutaxassislarni o’qitish, viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan tayyor tekstil mahsulotlarini sertifikatlash, xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirish jarayonlarida uchrayotgan mavjud muammolarga yechim topishda amaliy ko’mak ko’rsatish maqsad qilinganiga e'tibor qaratdi.

Viloyat rahbari Xayrullo Bozorov taklifi bilan germaniyalik tadbirkorlarni viloyatimizga olib kelish, toladan tayyor mahsulotgacha bo’lgan zamonaviy ishlab chiqarish zanjirini shakllantirishda ular bilan hamkorlik bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tez fursatlarda hamkorlik kelishuvini imzolash rejalashtirildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram