Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA OCHIQLIKKA OID QONUNCHILIK TALABLARI IJROSI YUZASIDAN JAMOATCHILIK ESHITUVI O’TKAZILDI

×

 2022-10-20 22:36:53    388

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligiga oid qonun hujjatlar talablari ijrosi” yuzasidan jamoatchilik eshituvi o’tkazildi.

Videoaloqa orqali viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari ham ulangan tadbirda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha viloyat hududiy kengashi a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha” hamda “Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari bo’yicha” doimiy komissiyalari raislari va a'zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Farg’ona viloyati hokimligi hamda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tasdiqlangan “Farg’ona viloyatida “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasini amalga oshirish yuzasidan yo’l xaritasi” doirasida yil boshidan buyon korruptsiyaga qarshi kurashishda asosiy omil bo’lgan ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlik va halollik mexanizmlarini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgani, biroq jamoatchilik bilan ishlashda, ma'lumotlarni ochiqlashda yetarli ish tashkil qilmayotgan rahbarlar ham uchrab turayotgani qayd etildi.

Joriy yil iyun oyida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farg’ona viloyatida hokimliklar, mahalliy davlat boshqaruvi idoralari faoliyatining ochiqligi darajasini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan jamoatchilik fikri so’rovi natijalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy so’rov davomida rasmiy veb-saytlarining yuritilishi, o’z faoliyatiga oid ma'lumotlarni rasmiy manbalarga joylashtirish sifati va tezkorligi bo’yicha asosiy e'tirozlarga sabab bo’lgan viloyat moliya boshqarmasi hamda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotlari eshitildi, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

O’zbekiston Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6247-sonli Farmoni talablarini ijrosini to’la ta'minlash choralarini ko’rish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga mas'ul bo’lgan xodimlar uchun qo’shimcha o’quv seminarlari tashkil etish bo’yicha ish tashkil etishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha viloyat hududiy kengashi tomonidan jamoatchilik eshituvlari doimiy tashkil etilishi belgilandi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram