Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QUVASOYLIK MAFTUNAXON HOKIMJONOVA “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI-2022” RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI G’OLIBI BO’LDI
2022-10-22 21:27:42 113
20-21 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Puchon universitetida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” respublika kasbiy ko’rik-tanlovi tashkil etildi.
Unda viloyat bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan jami 70 nafar pedagog (har bir hududdan 5 nafardan) 5 ta nominatsiya bo’yicha o’z kuch va mahoratini sinovdan o’tkazdi. “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, “Eng yaxshi kreativ tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi loyiha muallifi”, “Mohir qo’l ustasi” kabi nominatsiyalarda bellashuvlar qizg’in kechdi.
Quvonarlisi, mazkur ko’rik-tanlovning “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” yo’nalishida Farg’ona viloyati sharafini himoya qilgan ishtirokchi, Quvasoy shahridagi 22-sonli DMTT tarbiyachisi Maftunaxon Hokimjonova 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Tanlov g’oliblari kelgusida maktabgacha ta'lim yo’nalishi bo’yicha OTMlarga kirishda imtiyozlarga ega bo’ladi. Shuningdek, g’oliblarga pul mukofotlari va sovg’alar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram