Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 327 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA “ATLAS BAYRAMI” BESHINCHI XALQARO AN'ANAVIY TO’QIMACHILIK FESTIVALI YAKUNLANDI

×

 2022-10-22 23:05:26    146

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Marg’ilon shahridagi Ijodkorlar bog’ida “Atlas bayrami” beshinchi xalqaro an'anaviy to’qimachilik festivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbir avvalida Turizm va madaniy meros vaziri o’rinbosari Nusratilla Zikrillayev so’zga chiqib, Bosh vazir o’rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning tabrigini o’qib eshittirdi. Shundan so’ng YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi “Atlas bayrami” festivalining ahamiyati haqida to’xtalib, tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

“Atlas bayrami” festivali milliy hunarmandchilik va turizmni yanada rivojlantirish va ommalashtirishga, davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, hunarmandlar o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgani ta'kidlandi.

Festivalda dunyoning 21 ta davlatidan kelgan an'anaviy to’qimachilik va dizayn sohasining yetakchilari, hunarmandlar, san'atshunoslar, art-menejerlar, an'anaviy hunarmandchilikni boshqarish sohasi mutaxassislari ishtirok etganiga e'tibor qaratildi.

Tadbir davomida xalqaro hakamlar hay'ati a'zolari yana bir bor tanishtirilib, ular tomonidan turli nominatsiya bo’yicha g’oliblar e'lon qilindi.

An'anaviy hunarmandchilikdagi ahamiyatli innovatsiyalari uchun Gunjan Jain (Hindiston), O’zbek  kashtachiligi an'analarining yangicha talqini uchun Madina Qosimbayeva (O’zbekiston), tojik chitgarligi san'ati an'analarini qayta tiklayotgani uchun Miramin Saidov (Tojikiston), Buxoro zardo’zlik an'analarini saqlab qolgani uchun Baxshilo Djumayev (O’zbekiston), abr matolarining mahalliy an'analarini saqlab qolganligi uchun Nabijon Toshtemirov (O’zbekiston), an'anaviy usullar va zamonaviy dizayn uyg’unligi uchun Edrik Ong Liang Bin (Indoneziya), qadimiy naqshlarni saqlashdagi yuksak hunarmandlik mahorati uchun Muhammad Abdul Jabbar (Bangladesh), ipak gilamlar to’qishdagi yuqori texnologik va badiiy saviyasi uchun Ilhom Davletov (O’zbekiston), etnik-madaniy an'analarning o’ziga xos talqini uchun Ayjan Bekqulova (Qozog’iston), retro va etnik uslub uyg’unligi uchun Irina Sharipova (O’zbekiston), Hindiston an'anaviy madaniyati orqali tasvirlarni ochib bergani uchun Mubin Xatri (Hindiston), Glamur estetikasi va yuqori moda uslubi tuyg’usi uchun Zuhra Inat (Latviya), abr matolarining rang jozibadorligini mahorat bilan taqdim etgani uchun Sulton Saliyev (Rossiya), an'anaviy to’qimachilikni saqlash va rivojlantirishga qo’shgan hissasi hamda “Atlas bayrami” festivalini tashkil etishdagi ko’p yillik xizmatlari uchun Rasul Mirzaahmedov (O’zbekiston)ga tantanali tarzda diplom va sovg’alar topshirildi.

O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston xalq artisti Munojat Yo’lchiyeva, xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, O’zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va boshqa ko’plab taniqli san'atkorlar, folklor jamoalari ishtirokidagi kontsert dasturi yig’ilganlarga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.

“Jahon hunarmandlari shahri” degan yuksak nomga sazovor bo’lgan Marg’ilonda navbatdagi “Atlas bayrami” beshinchi xalqaro an'anaviy to’qimachilik festivali o’z yakuniga yetdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram