Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 259 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“FARG’ONA VODIYSI YENGIL SANOATI” II FORUMI VILOYATIMIZDA ISHLAB CHIQARILGAN TEKSTIL-TO’QIMACHILIK MAHSULOTLARINING EKSPORT IMKONIYATLARINI KENGAYTIRADI

×

 2022-10-25 14:20:09    112

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida “Farg’ona vodiysi yengil sanoati” II forumining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 

Viloyat hokimligi va Marg’ilon shahridagi “Abr matolari” MChJ hamkorligida viloyatda ikkinchi marta o’tkazilayotgan ushbu forumga Rossiya, Belarus, Italiya, Polsha, Avstriya va Turkiya kabi xorijiy davlatlardan importyorlar tashrif buyurdi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev bu kabi tadbirlar mahalliy tadbirkorlar va chet ellik ishbilarmonlar bilan o’zaro tajriba almashish va savdo shartnomalarini tuzishda yangi imkoniyatlar yaratishini ta'kidladi. Shundan so’ng Farg’ona viloyatida tekstil va to’qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar, o’sish sur'atlari va eksport salohiyati haqida taqdimot amalga oshirildi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi tekstil korxonalari 2019 yilda 56 ta bo’lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 83 taga yetdi. 2021 yilda 49 ta davlatga tekstil mahsulotlari eksport qilingan bo’lsa, 2022 yilda 57 ta davlatga viloyatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Tekstil-trikotaj mahsulotlari eksportyorlari esa 2021 yilgi 174 tadan, 2022 yil o’tgan davrida 201 taga yetdi. 

Eksport hajmi 2018 yilda 187 million dollar bo’lgan bo’lsa, 2022 yil yakuni bilan 524 million dollarni tashkil etadi. 

Tadbirda viloyatda xalqaro GSP+ statusini qo’lga kiritilgani, O’zbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari o’rnatilgan boykot bekor qilingani to’g’risida ham to’xtalib o’tildi. Investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, sanoat zonalaridagi imkoniyatlar tushuntirildi.

Ochilish marosimi va ochiq muloqotdan so’ng forum ishtirokchilari qariyb 60 taga yaqin mahalliy yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvlari tomonidan tayyorlangan ko’rgazma bilan tanishdilar. Ikki kun davom etadigan forum doirasida xorijlik investorlar V2V shaklidagi uchrashuvlarda qatnashib, ishlab chiqarish joylariga tashrif buyurishlari ham rejalashtirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram