Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-25 15:12:11    479

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga ko’ra, dastlab sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduxoshim Abdullayevning axboroti tinglangan bo’lsa, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Shokirjon Ahmedov "Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili"ga mo’ljallangan viloyat dasturining joriy yil 9 oylik ijrosi yakunlariga to’xtaldi.

Keyingi masala bo’yicha so’z olgan Farg’ona viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov viloyatda sudlar raislari tomonidan sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilish borasida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan ishlar bo’yicha ma'lumotlarni o’qib eshittirdi.

Sessiyada ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari va mahallalarning faol jamoatchiligi bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik darajasi ham muhokama qilindi.

Bu borada joriy yilning 9 oyi davomida viloyatda huquqbuzarlik-jinoyatchilik, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va ayollar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar va uning samarasi hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan ishlar, ko’riladigan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Ilhom Tillayevning axboroti tinglandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo’llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o’lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-190-son qarori bilan, yo’l harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha respublika maxsus komissiyasi qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo’l harakati qatnovi yuqori bo’lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkinligi belgilangan.

Shunga ko’ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi 2022 yil 16 sentyabrdagi 24/2-2924-sonli xat bilan murojaat qilib, hisobot davrida viloyat hududlarida sodir etilgan yo’l-transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari hamda bevosita ishtirokchilari bo’yicha hududlar tomonidan qayd etilgan salbiy ko’rsatkichlar keltirib o’tilgan.

Mazkur masala joriy yilning 18 oktyabr kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining “Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko’rsatish masalalari” hamda “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish” bo’yicha doimiy komissiyalarining qo’shma yig’ilishida ko’rib chiqilib, Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan. Sessiyada ushbu masala ham mas'ullar va deputatlar ishtirokida muhokama qilindi.

Sessiyada shuningdek, viloyat mahalliy byudjetining 2022 yil 9 oylik davrdagi ijrosi hamda shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish holati, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning o’z vaqtida moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i Zafar Ro’zaliyevning axboroti ham tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar bo’yicha deputatlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik birinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan har bir masala ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram