Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 247 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIGA SURDOTARJIMONLAR JALB ETILDI

×

 2022-10-25 16:19:56    135

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar davlat xizmatlari markazida eshitish va gapirishda nuqsoni bo’lgan fuqarolar uchun davlat xizmatlarini ko’rsatishda o’ziga xos yechim topildi. Ya'ni surdotarjimon shartnoma asosida ishga yollangan bo’lib, markazga keluvchi bu kabi fuqarolar maxsus planshet orqali tarjimonga videoaloqa orqali bog’lab berilyapti.

- O’rtacha bir oyda 10 ga yaqin gapirish va eshitishda nuqsoni bor fuqarolar markazga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyuradi, - deydi Farg’ona shahar DXM bo’lim boshlig’i Zohidjon Akromov. - To’g’risi, avvallari ular bilan rasmiy muomalaga kirishishda muammolarga uchraganmiz. Videoqo’ng’iroq orqali mutaxassis orqali ular bilan gaplashish imkoniyati yaratilganidan so’ng ana shunday muammolarga barham berildi. 

Yaratilgan imkoniyatlardan xabardor qilish maqsadida eshitish va gapirishda nuqsoni bor yoshlar taklif etilib, ular uchun davlat xizmatlari markazida kichik sayohat tashkil etildi. Surdo-pedagog xodim yordamida nogironligi bor shaxslarga yaratilgan sharoitlar, fuqarolar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlar, navbat olish, infolend, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, xizmat olish zallari haqida batafsil tushuntirildi.

Ma'lumki, eshitish va gapirishda nuqsoni bor fuqarolar axborotga bo’lgan ehtiyojlarining 90 foizini ko’rish orqali qondiradi. Shuning uchun bu kabi shaxslarning davlat xizmatlarini onlayn olishga o’rgatish esa ayni muddao. Seminar-trening davomida my.gov.uz portalidan qanday foydalanish tartib taomillari amaliy tarzda tushuntirib berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram