Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 348 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEK FUTBOLI YULDUZLARI – FARG’ONADA

×

 2022-10-25 18:55:49    107

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyatimizda o’zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan katta futbol bayrami bo’lib o’tmoqda.

Bayram doirasida viloyat hokimligida O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, O’FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, Birodar Abduraimov, To’lagan Isoqov va boshqa o’zbek futbolining faxriy yulduzlari, futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.

Muloqot chog’ida Farg’ona viloyatida futbol rivoji yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar hamda kelgusi rejalar muhokama qilindi. Farg’ona futbolisiz o’zbek futbolining tasavvur qilib bo’lmasligi, 1994 yilda Yaponiyada bo’lib o’tgan Osiyo o’yinlarida g’olib bo’lgan terma jamoamiz safida ham 7 nafar farg’onalik futbolchilar to’p surishgani tilga olindi.

Viloyatda futbol infratuzilmasini yanada yaxshilash, professional va ommaviy futbolni rivojlantirish borasidagi katta ishlarni, “Neftchi” jamoasining avvalgi mavqe'ini tiklash yo’lidagi say'-harakatlarni yuqori e'tirof etgan Ravshan Ermatov, yaqin davrda Farg’ona shahridagi yangilangan “Istiqlol” o’yingohi nufuzli xalqaro o’yinlarga ham mezbonlik qilishi ko’zda tutilayotganini ma'lum qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, futbolni ommalashtirish maqsadida har bir shahar va tumanda futbol klublari tashkil etilayotgani, Farg’ona futbol maktablari uchun yagona futbol metodikasini tadbiq etish uchun xorijlik mutaxassis jalb etish ustida ish olib borilayotgani, “Neftchi” futbol akademiyasini O’zbekistonda eng kuchli futbol akademiyalaridan biriga aylantirish rejalari haqida so’z yuritdi.

Tadbir yakunida Xayrullo Bozorovga “O’zbekiston futboli rivojiga qo’shgan hissasi uchun” ko’krak nishoni topshirildi.

O’zbek futbolining 110 yilligi munosabati o’tkazilayotgan asosiy tadbirlar “Istiqlol” o’yingohida davom etadi. Soat 17:00da O’zbekiston va Farg’ona viloyati faxriylar terma jamoalari Qirg’iziston va Tojikiston faxriylar terma jamoalariga qarshi bir taymlik uchrashuvlarda maydonga chiqishadi. O’yinlar oralig’ida muxlislar va mehmonlar e'tiboriga katta kontsert dasturi namoyish etiladi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram