Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 345 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PAXTA XOM ASHYOSIDAN TAYYOR MAHSULOTGACHA BO’LGAN ZANJIRNI YARATISH BO’YICHA FARG’ONA TAJRIBASI

×

 2022-10-25 21:37:59    126

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Uchko’prik tuman hokimligi axborot xizmati tashabbusi bilan respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida “Fergana global textile” paxta-to’qimachilik klasteriga press-tur tashkil etildi. 

Dastlab jurnalistlar mamlakatimizdagi yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biri – “Fergana global textile” MChJning Farg’ona shahridagi korxonasida bo’lib, ishlab chiqarish liniyalari, mato to’qish va bo’yash tsexlari, laboratoriyalar, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Korxona rahbari Otabek Nishonov o’z taqdimotida kompaniya 2017 yilda tashkil etilgani va hozirga kelib 6500 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilgani haqida ma'lumot berdi. Paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha bo’lgan ishlab chiqarish zanjiri to’la yo’lga qo’yilgani ta'kidlandi. 

Ishlab chiqarish quvvatlari Shveytsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Isroil va Turkiya kabi xorijiy davlatlarning eng yangi raqamli texnologiyalari bilan jihozlangan. Qo’shtepa va Uchko’prik tumanlarida 12 900 gektardan ziyod maydonda paxta yetishtirilmoqda. Italiya, Germaniya, Avstriya, Polsha, Turkiya, Xitoy kabi davlatlarga ishlab chiqarilgan mahsulot eksporti yo’lga qo’yilgan.

Press-tur qatnashchilari Qo’shtepa tumanidagi loyiha qiymati 120 million yevro bo’lgan, qariyb 3000 ta ish o’rniga ega yirik tekstil-to’qimachilik korxonasi qurilishi jarayonlari bilan ham tanishdilar. 

Tumanda Isroilning Netafim kompaniyasi bilan birgalikda 213 gektar maydonda amalga tadbiq etilgan tomchilatib sug’orish tizimi ko’zdan kechirildi. Davlatimiz rahbarining ko’rsatmasi bilan amalga oshirilgan ushbu loyiha, suv doim tanqis, tuprog’i qumloq bo’lgan ushbu maydonda avvalgi gektaridan 10–12 tsentner hosil o’rniga 45 tsentnergacha paxta olish imkonini yaratdi.

Uchko’prik tumanida esa yangi foydalanishga topshirilgan paxta qabul qilish maskani, dasht va cho’l hududdagi qarovsiz yotgan maydonda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil to’xtalib o’tildi. 

Shu yerda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalla nuroniylari, jurnalist va blogerlar ishtirokida daraxt ko’chatlari ham ekildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram