Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 317 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA “AYOLLAR DAFTARI”NING 3-BOSQICHI DOIRASIDA 75 MING NAFARDAN ZIYOD XOTIN-QIZLARGA AMALIY YORDAM KO’RSATILDI

×

 2022-10-26 19:41:45    115

PDF yuklash
Chop etish


“Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichini tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha Farg’ona viloyatidagi 30 yoshdan yuqori bo’lgan 770 ming 150 nafar ayollar xatlovdan o’tkazilib, 79 ming 463 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

2022 yil 20 oktyabr holatiga olingan ma'lumotlarga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 75 ming 541 nafariga yoki 95 foiziga amaliy yordam berildi.

Toifalar kesimida olib qaraganda:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 24 ming 595 nafari (99 %)ga amaliy yordam berilgan bo’lib, ularga 4 milliard 134 million so’m mablag’ sarflandi.

Xususan, doimiy ish o’rniga ega bo’lgan ayollar soni 19 ming 748 nafarni, vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilganlar soni 2 ming 818 nafarni, kasb-hunarga o’qitilganlar 1 ming 666 nafarni, ishsizlik nafaqasini olganlar 11 nafarni, ayollar tadbirkorligiga ko’maklashish, “Ayollar daftari” va boshqa jamg’armalardan subsidiya olganlar 352 nafarni tashkil qildi.

Tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan 3 ming 268 nafar xotin-qizlardan 3 ming 231 nafari (99 %) foiziga amaliy yordam berilgan bo’lib, 33 milliard 76 million so’m mablag’ sarflangan.

Jumladan, Xalq banki tomonidan 1222 nafar xotin-qizlarga 13 milliard 780 million so’m, Agrobank tomonidan 1481 nafariga 15 milliard 887 million so’m, Mikrokreditbank tomonidan 423 nafariga 2 milliard 886 million so’m imtiyozli kredit mablag’i ajratilgan.

Boquvchisi bo’lmagan, Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo’lgan va Qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud xotin-qizlarning 44 ming 693 nafariga 48 milliard 105 million so’mlik bir martalik moddiy yordam mablag’i berildi.

Uy-joy ta'miriga muhtoj 305 nafar xotin-qizlarning xonadonini ta'mirlash uchun 2 milliard 55 million so’m mablag’ sarflandi.

Uy-joyga muhtoj bo’lgan xotin-qizlarning 659 nafari 3 milliard 913 million so’m evaziga uy-joy bilan ta'minlangan bo’lsa, 1082 nafar xotin-qizlarni turar-joylari uchun 1 milliard 247 million so’m mablag’ sarflandi.

Shuningdek, xotin-qizlarga tibbiy yordam ko’rsatish uchun 2 milliard 761 million, qo’shimcha yordamlar uchun 824 million so’m mablag’ sarflandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram