Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 337 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA CENTRAL ASIAN MEDICAL UNIVERSITY (MARKAZIY OSIYO TIBBIYOT UNIVERSITETI) OCHILDI

×

 2022-10-28 16:33:57    3222

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida viloyatimizdagi yangi xalqaro tibbiy oliygoh – Central Asian Medical University (Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti) rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, ta'lim tizimi va keng jamoatchilik vakillari, xorijlik mehmonlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Nurillo Mamasodiqov rahbarligidagi tibbiy xizmatlar ko’rsatish sohasida viloyatimizning yirik kompaniyalaridan biri bo’lgan “Meridian Diagnostic Hospital” MChJ muassisligida tashkil etilgan ushbu oliygoh loyihasi uchun tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan 128 milliard so’m yo’naltirildi.

Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari boshchiliklarida oliy ta'lim sohasiga berilayotgan katta e'tibor, amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar natijasida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi so’nggi olti yilda bir necha barobarga oshganini ta'kidlab, bu boradagi ishlarning amaliy ko’rsatkichi sifatida viloyatimizda oliy ta'lim muassasalari soni 12 taga yetganini, yaqinda Qo’qonda oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti ham tashkil etilayotganini, bu borada Farg’ona respublika hududlari orasida eng yuqori o’rinlarda ekanini qayd etdi.

“Meridian Diagnostic Hospital” MChJ tarkibida hozirgi kunda viloyatimizda deyarli barcha yo’nalishlarni qamragan 10 ta tibbiy diagnostik klinikalar faoliyat olib borayotgani, talabalar uchun kuchli amaliyot bazasini taqdim etishiga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, Hindistonning dunyoga mashhur “Apollo Hospitals” xalqaro shifoxonalar tarmog’i hamda “Meridian Diagnostic Hospital” hamkorligida Farg’onada tashkil etilayotgan zamonaviy tibbiy klinika ham bu yo’nalishda katta ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Viloyat hokimi Central Asian Medical University nomiga monand bo’lib, Markaziy Osiyoda tibbiyot sohasida o’zining o’rniga ega, taniqli oliygoh bo’lishiga tilak bildirdi.

Universitet tibbiyotning eng zarur yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy ta'lim – amaliyot – tibbiy muassasalar uzviy integratsiyasini yo’lga qo’yishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Oliygoh, bu yil Davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo’nalishlarida 600 nafar talabani qabul qilgan bo’lsa, kelgusi o’quv yilidan boshlab 1500 nafar talaba o’qishga qabul qilinadi. Oliygohda respublikamizda tibbiyot sohasida ko’zga ko’ringan professor-o’qituvchilar, malakali xorijlik mutaxassislar ta'lim berishadi.

Central Asian Medical University joriy yil 6 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat boshladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram