Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING ENG YIRIK ENERGIYA ISHLAB CHIQARUVCHI KORPORATSIYALARIDAN BIRI – CHINA HUADIAN VILOYATIMIZDA QUYOSH ELEKTR STANTSIYASINI QURISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-03-20 17:20:24    468

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning eng yirik energiya ishlab chiqaruvchi korporatsiyalaridan biri – China Huadian tashqi aloqalar departamenti direktori Lyao Ran boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot chog’ida Farg’ona viloyati hududida China Huadian korporatsiyasi investitsiyasi hisobiga quyosh elektr stantsiyasini qurish loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

Dunyoning 40 dan oshiq mamlakatida energiya ishlab chiqarish loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan, Xitoyning eng yirik 5 ta energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri bo’lgan China Huadian korporatsiyasi vakillari, O’zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yaqindan kuzatib borishayotganini bildirib, Farg’ona viloyatida quyosh elektr stantsiyasini qurish loyihasi o’zlari uchun investitsion jihatdan jozibador ekanini qayd etishdi.

China Huadian korporatsiyasining mamlakatimizdagi ilk loyihasi bo’ladigan ushbu quyosh elektr stantsiyasi quvvati 100 MVt bo’lishi rejalashtirilayotgani, viloyatda mavjud energiya talabini to’la o’rganilgach, loyiha amaliy bosqichga o’tgunga qadar bu quvvat oshirilishi mumkinligi ma'lum qilindi.

Ushbu tashrif doirasida China Huadian korporatsiyasi vakillari viloyatimizda quyosh elektr stantsiyasi qurish uchun taqdim etilishi ko’zda tutilgan yer maydonlarini ko’zdan kechiradilar. Keyingi bosqichda loyihaoldi hujjatlari tayyorlanib, texnik hamda statistik ma'lumotlar tahlil qilinadi. Energetika vazirligi bilan ishlab chiqariladigan energiya narxi yuzasidan kelishuvga erishilgach, loyihani amalga oshirishga kirishilishi ma'lum qilindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov China Huadian korporatsiyasiga loyihani tayyorlash uchun barcha zarur ma'lumotlarni taqdim etilishi, loyiha hayotga tadbiq etishga boshlanganda uni amalga oshirish uchun har tomonlama ko’mak berilishini bildirdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, Kadastr Agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i Nodirbek Mashrapov, "Farg’ona HETK" AJ rahbari Azizbek Saydaliyev ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram