Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISHDA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI BILAN O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIK O’RNATISH IMKONIYATLARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2023-06-27 16:45:37    205

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi “Kambag’allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-93-sonli Farmonining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan muhokama yig’lishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov, viloyat soliq, bojxona, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Videokonferentsaloqa shaklida o’tkazilgan yig’ilishni shahar va tuman studiyalaridan ham mas'ullar, hokim yordamchilari bevosita kuzatib bordilar.

Ma'lumki, respublikada kambag’allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik sub'ektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishlab chiqilib, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi belgilandi.

Shu asosda hududlarda tegishli mas'ullar ishtirokida muhokama yig’ilishlari o’tkazilib, farmonning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

Bugun tashkil etilgan uchrashuvda ham Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev farmon bilan belgilab qo’yilgan “hamkorlik shartnomalari”ning tartibi, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, imtiyozlar haqida to’xtaldi.

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga moliyalashtirish, soliqqa tortish, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati uchun zarur mablag’lar va infratuzilma bilan ta'minlash, soliq va bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish yo’nalishlarida beriladigan tabaqalashtirilgan imtiyoz va preferentsiyalar bo’yicha viloyatdagi mas'ullarning ham ishtiroki muhim ekanligi, jiddiy yondashgan holda tadbirkorlarga ko’makdosh bo’lish orqali kambag’allikni qisqartirish va ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlashga erishish mumkinligi alohida ta'kidlandi.

Shahar va tuman studiyalaridan bog’langan mas'ullar ham yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Hududlardagi hokim yordamchilari o’ziga biriktirilgan hudud pasportini mukammal shakllantirib, har bir xonadonni xatlovdan o’tkazilgani, ishsiz fuqarolar va ularning bandligini ta'minlash bo’yicha aniq takliflar bo’lishi kerakligi bo’yicha ham vazifalar yuklandi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram