Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQLAR DO’STLIGI KUNI MUNOSABATI BILAN FARG’ONADA BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2023-07-29 20:59:58    304

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida 30 iyul - Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan “Bag’rikeng O’zbekiston - umumiy uyimiz” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Hurshidjon Ahmedov, viloyat hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha kotibiyat mudiri Mo’ydinjon Holmatov ishtirok etdi.

Viloyatimizda faoliyat ko’rsatayotgan slavyan, turk, tatar, nemis, tojik, qirg’iz, yahudiy, koreys milliy madaniy markazlari va boshqa tashkilotlar hamkorligida o’tkazilgan tadbirda so’z olganlar tomonidan bag’rikenglik – davlatimiz siyosatining asosiy g’oyalaridan biri ekanligi yana bir bor ta'kidlandi. Yurtimizda 130 dan ziyod millat va elatlar ezgu orzu-umid, aniq maqsad va niyatlar yo’lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo’lib yashayotganliklari buning isboti ekanligi qayd etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan O’zbekiston xalqiga yo’llagan bayram tabrigi, uning mazmun-mohiyati, turli millatlarning ko’p yillik urf-odat, an'ana va qadriyatlarini rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, ko’rsatilayotgan e'tibor haqida to’xtalib o’tildi.

“Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to’g’risida”gi Prezident Farmoni e'lon qilinib, Farg’ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi Taxir Kapadze ham "Do’stlik" ordeni bilan mukofotlangani mamnuniyat bilan tilga olindi.

Mamlakatda millatlararo do’stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an'analarni rivojlantirish borasida samarali faoliyat olib borayotgan farg’onalik faollar nomlari sanab o’tildi.

Milliy madaniy markazlar qoshida tashkil etilgan ashula va raqs jamoalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram