Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 199 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLAR MUAMMOLARINI O’RGANISH VA HAL QILISH BO’YICHA VILOYAT ISHCHI GURUHI FURQAT VA DANG’ARA TUMANLARIDA TADBIRKORLAR UCHUN SAYYOR QABULLAR O’TKAZDI

×

 2023-08-01 18:35:16    197

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Furqat va Dang’ara tumanlarida Biznes-ombudsman o’rinbosari Jamshid Urunov rahbarligidagi Tadbirkorlar muammolarini o’rganish va hal qilish bo’yicha viloyat ishchi guruhining tuman tadbirkorlari uchun sayyor qabullari bo’lib o’tdi. Qabullarda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.

Sayyor qabullarda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaat va takliflari eshitilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo’lgan muammolarga amaliy yechimlar belgilandi, mas'ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Ishtirokchilar bilan o’zaro muloqot chog’ida tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilayotgan tizimli muammolar va ularning yechimi bo’yicha takliflar borasida fikr almashildi. Bu borada viloyatning shahar va tumanlarida o’tkaziladigan sayyor qabullar yakunida ishlab chiqiladigan umumlashgan aniq takliflar Respublika ekspertlar guruhiga yo’naltiriladi.

Viloyatimizning qolgan shahar va tumanlarida o’tkaziladigan sayyor qabullarda ishtirok etish istagida bo’lgan tadbirkorlar, o’z yashash hududlari bo’yicha mahalliy hokimliklarga yoki Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining +998732441192; +998939808833; +998908356579 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Tadbirkorlar, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan hamkorlikda tashkil etilgan Call-markazning 1094 qisqa raqamiga yoki @taklif2023bot ga murojaat qilib, o’z taklif va tashabbuslarini bildirishlari mumkin, operatorlar 24/7 rejimida qo’ng’iroqlarni qabul qiladi.

O’zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti oldidan Respublikamiz hududlarida tuzilgan tadbirkorlar muammolarini o’rganish va hal qilish bo’yicha ishchi guruhlar, barcha viloyatlarda ish olib bormoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram