Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 197 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “DO’STLIK” ORDENI VA “XALQLAR DO’STLIGI” KO’KRAK NISHONLARI O’Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

×

 2023-08-02 12:43:16    522

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahri Qirguli mavzesida joylashgan “Do’stlik uyi”da Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan Prezident farmoniga ko’ra, taqdirlangan bir guruh farg’onaliklarga davlat mukofoti va ko’krak nishonlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi Rustambek Qurbanov, viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar vakillari qatnashdilar.

Dastlab “Do’stlik uyi”da milliy madaniy markazlar uchun yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi. Shundan so’ng tadbirda so’z olganlar tomonidan Davlatimiz rahbari boshchiliklarida millatlararo do’stlik, totuvlik va bag’rikenglikni mustahkamlashga yurtimizda alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Farg’ona viloyatida milliy madaniy markazlarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirilgani, 8 ta milliy madaniy markazlarga alohida xonalar ajratilib, to’garaklar o’tish va turli tadbirlar tashkil etish uchun kontsert zali zamonaviy ko’rinishga keltirilgani ta'kidlandi. Endilikda milliy madaniy markazlarga yoshlarni jalb etish, ular faolligini oshirish zarurligi aytib o’tildi.

Tadbir davomida ijtimoiy-siyosiy hayotning turli jabhalarida samarali mehnat qilib, millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qo’shayotgan Farg’ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi Taxir Kapadzega "Do’stlik" ordeni topshirildi.

Shuningdek, Farg’ona viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi Viktor Lyan, Farg’ona viloyati qirg’iz milliy madaniy markazi a'zosi Metin Karimov, Farg’ona viloyati nemis milliy madaniy markazi a'zosi Irina Pavlova, So’x tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i O’ktamjon Ergashevlar ham “Xalqlar do’stligi” ko’krak nishonlarini tantanali qabul qilib oldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram