Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA TADBIRKORLIK MUHITINI RIVOJLANTIRISH, OBODONLASHTIRISH VA KO’KALAMZORLASHTIRISH, SHUNINGDEK, ENERGIYA RESURSLARI TO’LOVLARI VA SOLIQLAR BO’YICHA DEBITOR QARZDORLIKNI KAMAYTIRISH BORASIDAGI ISHLAR QONIQARSIZ DEB BAHOLANDI

×

 2023-11-18 18:45:42    2568

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Marg’ilon shahrida bo’lib, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlari, berilgan topshiriqlar ijrosi, aholi bandligini ta'minlash, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish kabi yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarining borishi yuzasidan o’rganish olib bordi.

O’rganishlar natijasida shaharda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, shuningdek, energiya resurslari to’lovlari va soliqlar bo’yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish borasidagi sektorlar rahbarlari faoliyati qoniqarsiz deb baholandi.

Viloyat rahbari uch oydan beri shahar hokimi bo’lib ishlab kelayotgan Shukurulloxon Nisbatxonov faoliyatida yangi tashabbuslar yetishmayotgani, yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha tadbirkorlar bilan yetarli ish tashkil etilmayotganiga tanqidiy e'tibor qaratdi va bu borada samarali ish tashkil etish bo’yicha aniq ko’rsatmalar berdi.

Shahar hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari o’z holiga tashlab qo’yilgani, ayrim joylarda yo’l chetidagi yer maydonlari tashlandiq ahvolda qoldirilganligi, kuzgi daraxt ekish mavsumi rejali tashkillanmagani bois shahar sektorlari rahbarlari keskin tanqid qilindi. Ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaharni tizimli shaklda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, manzarali daraxtlar ekish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda ish olib borish vazifasi yuklatildi, aniq muddatlar belgilandi.

Marg’ilonda energiya resurslari to’lovlari va soliqlar bo’yicha aholining va tadbirkorlik sub'ektlarining debitor qarzdorligi yuqori ekanligi, xususan elektr energiyasi bo’yicha qariyb 25 mlrd. so’m, gaz ta'minoti bo’yicha 2,5 mlrd. so’mdan oshiq debitor qarzdorlik borligi, biroq shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste'molchilarga nisbatan ta'sirchan choralar ko’rilmayotganiga guvoh bo’lindi.

Shaharning Ahmad Yassaviy ko’chasida joylashgan “Dubay” kiyim-kechak do’koni, elektr energiyasidan 10 mln. so’mdan oshiq qarzdorligi bo’lganligi sababli tarmoqdan uzib qo’yilgani, biroq tadbirkor ushbu qarzdorlikning 2,5 mln. so’mlik qismini so’ndirgan holda, o’zboshimchalik bilan o’zi tarmoqqa ulanib olgani aniqlandi.

Rohat mahallasida joylashgan ikkita ovqatlanish shaxobchasining 10 mln. va 18 mln. so’mlik elektr energiyasidan qarzdorligi borligi ma'lum bo’ldi.

Shaharning “Yangi bog’” MFY hududidagi o’rganishlar chog’ida ham qator xonadonlarda energiya resurslari to’lovlari bo’yicha qarzdorliklar mavjudligi ko’zga tashlandi.

Marg’ilonda energiya resurslari bo’yicha debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish, shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste'molchilarga nisbatan ta'sirchan choralar qo’llash, to’lovlarni muntazam ravishda amalga oshirilishini ta'minlash bo’yicha shahar sektorlari rahbarlariga hamda sohalar mutasaddilariga qat'iy vazifalar yuklatildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram