Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 223 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAN MISRNING SHARM-ASH-SHAYX SHAHRIGA DOIMIY AVIAQATNOVLAR QO’YILISHI REJALASHTIRILMOQDA

×

 2023-12-22 11:53:44    3859

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Misrning Air Cairo charter aviakompaniyasi vakillari Muxammed Yunus Yusef va Talgat Dairovlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Air Cairo aviakompaniyasi tomonidan Farg’ona va Misrning Sharm-ash-Shayx shahri o’rtasida doimiy aviaqatnovlar yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.

Farg’ona xalqaro aeroportini xorijlik hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi ustida ish olib borilayotganini ma'lum qilgan viloyat hokimi, Misr bilan to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarning yo’lga qo’yilishi aeroportda yillik yo’lovchilar oqimini kengayishiga, Misr bilan Farg’ona o’rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanishiga xizmat qilishini ta'kidlab, viloyat hokimligi tomonidan har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Yoz boshlarida yo’lga qo’yilishi rejalashtirilayotgan qatnovlarga Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma rasmiylashtirishni jadallashtirish bo’yicha birgalikda ish tashkil etilishiga kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Nuriddin Mamajonov va Xurshidjon Ahmedov, shuningdek, sohaga mas'ul viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlar ham ishtirok etdilar.

2003 yilda tashkil etilgan Air Cairo charter aviakompaniyasining shtab-kvartirasi Qoxirada joylashgan bo’lib, Misrning milliy aviatashuvchisi “EgyptAir” tarkibiga kiradi. 30 ta zamonaviy laynerlarga ega bo’lgan aviakompaniya hozirda Misr shaharlariga, 30 ga yaqin davlatlarga, shu jumladan, Toshkent shahriga jami 70 dan ortiq yo’nalishlarga parvozlarni amalga oshirib keladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram