Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA G’ALLA O’RIM-YIG’IM MAVSUMI BOSHLANDI

×

 2024-06-05 21:44:08    1532

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Dang’ara tumani “Haydarobod zamini” fermer xo’jaligida bu yil viloyatimizda yetishtirilgan g’alla hosilini uyushqoqlik bilan o’rib-yig’ib olishga bag’ishlangan ko’rgazmali viloyat seminari o’tkazildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat, tumanlar sektorlari rahbarlari, g’allachilik klasterlari rahbarlari, yig’im otryadlari boshliqlari, qishloq xo’jaligi tizimidagi tashkilotlar mutasaddilari dastlab “Haydarobod zamini” fermer xo’jaligi g’alla maydonlarida bo’lib, pishib yetilgan boshoqli don hosili ko’zdan kechirildi. Hosilga baraka tilab, duolar qilindi va viloyatda g’alla o’rim-yig’im mavsumi boshlandi.

Ko’rgazmali seminarda ishtirok etgan viloyat hokimi dehqonlarning 9 oylik samarali mehnatlari natijasida viloyatimizda mo’l g’alla hosili yetishtirilgani, oldinda muhim va mas'uliyatli jarayon – g’alla hosilini uyushqoqlik bilan yig’ishtirib olish vazifasi turganini qayd etdi. G’alla xalqimiz hayotida muhim o’ringa ega ekanligi ta'kidlandi. Hosilni maslahatli, tartib-intizom bilan, tizimli ish tashkil etib yig’ishtirib olish zarurligiga e'tibor qaratildi.

2022-2023 yillarda g’alla hosili bo’yicha viloyatimiz respublikada birinchi bo’lib turgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Seminarda viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Bu yil viloyat bo’yicha 95 ming 720 gektar maydonda o’rtacha 80-85 tsentnerdan, 745,8 ming tonna boshoqli don hosilini yig’ishtirib olish rejalashtirilgan. G’allakorlarga urug’lik, yoqilg’i va o’g’it o’z vaqtida, yetarli miqdorda yetkazib berildi.

Bu yilgi mavsumda ham o’rim-yig’im ishtirokchilarining moddiy manfaatdorliklari alohida e'tiborga olinib, otryad boshliqlari, mexanizatorlar va haydovchilarga pul mablag’lari berildi.

Kombaynchilar, haydovchilar va o’rim-yig’imning boshqa ishtirokchilarining unumli va barakali ishlashlari uchun dala boshida qulay sharoitlar yaratib beriladi.

Hududlarda o’rimni tizimli tashkil etish maqsadida 328 ta o’rim otryadlari shakllantirildi. Ularga yuqori unumli don o’rim kombaynlari, 1696 dona don tashish texnikalari, 328 ta ko’chma ustaxonalar va 173 dona yoqilg’i tashish texnikalari biriktirildi.

Seminarda ta'kidlanganidek, kombaynlarning har bir ish soati, harakati nazoratda bo’ladi. Ularning ish samaradorligi tahlil qilib boriladi. Natijalarga qarab kombaynchi va haydovchilar, otryad boshqa a'zolari rag’batlantirilib boriladi.

Seminar davomida joriy yilgi g’o’za parvarishida agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo’yicha tumanlardagi holat, ko’rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ham mas'ullar ma'lumot berdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram