Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV ISTANBULDA TURK ISHBILARMONLARI HAMDA INVESTORLARI BILAN SAMARALI B2G UCHRASHUVLAR O’TKAZDI

×

 2024-06-10 11:50:09    1380

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining Turkiyaga amaliy tashrifi davomida Istanbulda qator ishbilarmonlar hamda investorlar bilan samarali B2G uchrashuvlar o’tkazildi.

Tek Enerji, BT Tarım, Oghma international eğitim, Pimek Tekstil, Renzo Rinaldi, Tahwil Health Tour, Gul Production, Clinic Ego, Gen Investment, Inter Asya kabi kompaniyalar rahbarlari bilan o’tkazilgan muzokaralarda mini-GESlar qurish, qishloq xo’jaligi urug’chiligi, xalqaro sertifikatlarga ega kasbiy ta'lim, tekstil, gilamchilik, tibbiyot, turizm, shu jumladan, tibbiyot va kino turizmi, avtomobilsozlik kabi sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, viloyatimiz hududida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi.

Viloyatimizdagi Ferantep Gilam korxonasining Turkiyadagi hamkori bo’lgan Pimek Tekstil kompaniyasi rahbari Yilmaz Osman bilan o’tkazilgan uchrashuvda Farg’onada umumiy qiymati 30 mln. dollar bo’lgan ikkita yangi ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Sarmoyador Abdullah Sarikaya farg’onalik tadbirkor Nodirbek Ro’ziboyev bilan hamkorlikda viloyatimizda Renzo Rinaldi brendi ostida tikuvchilik korxonasi loyihasi ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi. Viloyat rahbari ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama ko’mak berilishini bildirdi.

Marmara Group boshqaruv kengashi a'zolari Kadir Yelbey va Jihan Sanjak bilan o’tkazilgan uchrashuvda xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega kasbiy ta'lim tizimini joriy etish, shuningdek, Farg’onada zamonaviy tish klinikasi hamda diagnostika markazi barpo etish yuzasidan kelishuvga erishildi, ushbu ishbilarmonlarning yaqin kunlarda viloyatimizga tashrifi belgilandi.

Gul Production kompaniyasi rahbari Ergen Gyul bilan muzokaralarda Farg’onada kino va media turizmini rivojlantirish, Qatarlik investorlarni viloyatimiz hududida turizm maskani barpo etish loyihasiga jalb etish masalalarida hamkorlik qilishga kelishildi.

Clinic Ego va Inter Asya kompaniyalari rahbarlari ham Farg’onaga turkiyalik turistlarda katta qiziqish mavjudligini qayd etib, bu borada hamkorlik istagini bildirdilar.

Deniz Yilmaz rahbarligidagi Tek Enerji kompaniyasi bilan viloyatimizda gidroenergetika sohasini rivojlantirish, mini-GESlar qurish loyihalarida hamkorlik qilinadigan bo’ldi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram