Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 121 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOY KOMPANIYASI FARG’ONADA SHISHA VA OPTIK TOLALAR HAMDA BAZALT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH USTIDA ISH OLIB BORMOQDA

×

 2024-08-04 20:28:11    1401

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Nanjing Fiberglass kompaniyasi bosh direktori Sung Ming boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy investitsiyasi hisobiga viloyatimizda sanoat va qurilish uchun maxsus shisha tola, bazalt mahsulotlari hamda optik tola ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasining joriy yil iyun oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida ushbu kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazilib, qiymati 20 mln. dollar bo’lgan ushbu loyiha bo’yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.

Bugungi uchrashuv chog’ida rejalashtirilayotgan korxona Markaziy Osiyoda yagona bo’lishini qayd etgan Sung Ming, qurilish va sanoatda foydalanish mumkin bo’lgan shisha tola Xitoyda hozirda keng ommalashganini, bu mahsulotga MDH davlatlari, YEvropa va AQShda talab yuqori ekanligini ta'kidladi.

Kuni kecha Farg’ona politexnika instituti faoliyati bilan ham tanishganlarini bildirgan xitoyliklar, birgalikda muhandis kadrlar tayyorlash imkoniyatini ko’rib chiqilgani, kelgusida institut bilan hamkorlik qilinishini bildirdilar. Kompaniya vakillari Markaziy Osiyo servislari uchun muhandislarni Farg’ona politexnika institutida tayyorlash va ularni Xitoyda malakasini oshirishga tayyorligini qo’shimcha qildilar.

Viloyat hokimi mazkur maxsus shisha tola, bazalt xomashyosi, optik tola ishlab chiqarish bugun mamlakatimiz uchun juda muhimligini ta'kidlab, loyihani tez fursatda ishga tushirishga har tomonlama amaliy ko’mak berishga tayyorligini ma'lum qildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram