Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK PARALIMPIYA CHEMPIONLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

×

 2024-09-10 18:41:48    688

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida Frantsiyaning Parij shahrida bo’lib o’tgan XVII yozgi Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etgan va chempionlar qatoridan joy olgan farg’onalik sportchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Viloyatimiz sportchilari Farg’ona shahriga kirish darvozasidan "Samo" sport majmuasigacha bo’lgan masofaga kortejda harakatlanib, minglab sport muxlislari va vatandoshlarimizning olqishlari ostida kuzatib borildi.

“Samo” sport majmuasida viloyat hokimligi vakillari, murabbiylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali tadbir o’tkazildi. Tantanada viloyat hokimining o’rinbosari Sherzod Rahimov so’zga chiqib, Paralimpiya chempionlarini tarixiy g’alaba bilan tabrikladi.

Frantsiya poytaxti Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o’yinlarida viloyatimiz sportchilari ham faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o’rin oldilar. Para yengil atletika bo’yicha F57 klassining nayza uloqtirish bahslarida Yorqinbek Odilov oltin medalga sazovor bo’ldi. Para taekvondo WT bo’yicha ayollar o’rtasida K44 tasnifida Ziyodaxon Isoqova, para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida Shahina Yigitaliyeva kumush medalini qo’lga kiritgan bo’lsa, para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida F57 klassida disk uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan Mohigul Hamdamova esa bronza medalini naqd qildi.

O’zbekistonlik paralimpiya sportchilari ham nimalarga qodir ekanligini yana bir bor amalda isbotlab, 168 ta davlat vakillari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqalarda umumjamoa hisobida faxrli 13-o’rinni qo’lga kiritishdi. Jamoadoshlarimiz 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza medallariga sazovor bo’ldilar.

Bunday yuqori natijaga erishilishida farg’onalik 4 nafar sportchilarimizning ham munosib hissasi bor.

Tadbir davomida viloyatimiz vakillari - paralimpiya chempionlarining ota-onalari, murabbiylariga yurtimiz bayrog’ini jahon uzra baland ko’taradigan mana shunday matonatli va vatanparvar farzandlarni tarbiyalaganliklari uchun alohida tashakkur bildirildi.

Tadbirda sportchilar va ularning ota-onalari ham so’z olib, yaratib berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar uchun Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram