Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSHLAR SANOAT ZONASIDA ISHLAB CHIQARISH HAJMI OSHMOQDA

×

 2024-09-10 19:50:54    641

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga “Qo’qon” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi yangi loyihalar bilan tanishdi.

Mazkur zona 60 gektar maydonda tashkil etilgan bo’lib, shundan muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-infratuzilmasi uchun 10,1 gektar hamda loyiha joylashtirilishi mumkin bo’lgan yer maydoni 49,9 gektardan iborat. Bugungi kunda 33,6 gektar yer maydonlariga qiymati 424,6 mlrd. so’m bo’lgan 63 ta loyihalar joylashtirildi. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 2550 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hozirda qiymati 210 mlrd. so’m bo’lgan 22 ta loyihalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, 2024-2025 yillar davomida qiymati 214,6 mlrd. so’m bo’lgan loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 2396 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Viloyat hokimi sanoat zonasidagi qishloq xo’jaligi texnikalari, qishloq xo’jaligi, elektrotexnika hamda arqon ishlab chiqarish korxonalarida bo’lib, ularning faoliyati bilan tanishdi.

“Bek plint savdo” MChJ tomonidan elektrotexnika sohasida - kabel ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, 2 mlrd. so’m mablag’ sarf etildi. 15 ta ish o’rni yaratilgan korxona mahsulotlariga talab yuqori. Endilikda plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha ham ishlar boshlangan. Viloyat rahbari tarmoqni yanada kengaytirish, mahsulot sifatiga e'tibor qaratish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

“Comfy Trade” MChJ tomonidan loyiha qiymati 6 mlrd. so’m bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. 25 nafar ishchi-xodim bandligi ta'minlandi. Mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda butlovchi qismlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni mahalliylashtirish va qo’shimcha yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha takliflar berdi.

Mas'ullarga sanoat zonasining bo’sh maydonlariga istiqbolli loyihalarni joylashtirish, tadbirkorlarni bu yerga jalb etish bo’yicha vazifalar belgilab berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram