Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UZUMZOR ENG OBOD MAHALLAGA AYLANDI

×

 2024-09-10 20:14:08    643

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahridagi Uzumzor MFYda "Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla" mezonlari tatbiq etilib, qisqa vaqt ichida eng obod va namunali maskanga aylandi.

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan mazkur mahallada bo’lib, bu yerdagi bir qator ob'ektlarning ochilish tadbirida ishtirok etdi.

Yangi barpo etilgan mahalla binosining ochilishida so’zga chiqqan viloyat hokimi mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu g’oya o’z samarasini berayotganini ta'kidlab, har bir yurtdoshimiz buni o’zining hayoti, turmush sharoitida yaqqol sezayotganligini qayd etdi. Mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo’lidagi islohotlarning amaliy ifodasi ekanligini bildirib, mahalla ahlini yangi inshootlar bilan tabrikladi.

Prezidentimizning joriy yil 11-12 iyul kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi doirasida Qo’qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallalardagi ko’plab muammolar yechim topmoqda. Ta'limda Qo’qon tajribasi yaratildi. Oqsoqollar kengashi tuzilib, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat va sadoqat, bugungi tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish va shukronalik tuyg’ularini chuqur singdirish ishlarini olib borishmoqda. Shu bilan birgalikda 33 ta maktab va bog’chalar ta'mirdan chiqarildi.

Xususan, 605 ta xonadon, 912 ta oila hamda 3 058 nafar aholi istiqomat qilayotgan Uzumzor mahallasida ham keng miqyosli ishlar amalga oshirilib, ko’plab masalalar yechim topdi. Ko’p qavatli uylar ta'mirlandi, elektr, tabiiy gaz ta'minoti yanada yaxshilandi. Uzumzor mahallasi uchun yangi mahalla binosi qurilib, barcha sharoitlar yaratildi. Shuningdek, bu yerda tibbiyot punkti ish boshladi, xizmat ko’rsatish majmualari va kutubxona, MFY hududida mahalla servis kompaniyasi tashkil qilindi.

Tadbirda ana shu ezgu ishlar e'tirof etilib, Prezidentimizga mahalla ahli va nuroniylar o’z minnatdorliklarini bildirishdi.

Mehmonlar mahalla binosi, tikuvchilik tsexi, servis kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bayram tadbirlari san'atkorlarning kuy-qo’shiqlari bilan yanada fayzli kechdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram