Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI MARG’ILON SHAHRIDAGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI, MAHALLALARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-09-12 23:41:10    543

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birgalikda Marg’ilon shahrida bo’lib, ishlab chiqarish loyihalari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

“Uzwoolentex” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasidagi loyihaning ikkinchi bosqichi yakunlanib, jun aralashmali mato ishlab chiqarish tarmog’i ishga tushirildi. Buning uchun 10 mln. dollar investitsiya jalb etilib, 300 ta ish o’rni yaratildi.

Viloyat hokimi korxonadagi ish jarayonini ko’zdan kechirdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qatar va Polshaga eksport qilinmoqda. Uchinchi bosqichda 5 mln. dollarlik ip ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilayotgan bo’lib, ayni kunlarda zamonaviy texnologiyalar o’rnatilmoqda.

Viloyat rahbari mahallalardagi mikro loyihalar bilan tanishdi. Ipakchi MFYda yashovchi Dildora Qayumova xonadonida sumka ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. 15 nafar mahalla ayollari ish bilan band. Viloyat rahbari uning faoliyatini ko’zdan kechirdi. Tadbirkor ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berish, yangi dastgoh uchun Biznesni rivojlantirish bankidan kredit ajratish masalasida yordam ko’rsatiladigan bo’ldi. Buning hisobiga yana 30 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Ushbu mahallada "Gran kuch tekstil" MChJ tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 30 ta ish o’rni yaratilgan. Mahsulotlar qo’shni davlatlar Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’izistonga eksport qilinmoqda. Tadbirkor Maftuna Qo’ldosheva viloyat rahbariga ijara asosida faoliyat olib borayotgani bois, joy ajratilishida, subsidiya asosida tikuv mashinalari olishda amaliy ko’mak so’radi. U ish o’rnini 300 taga yetkazish hamda yangi loyihani amalga oshirishni bildirdi va tadbirkorning tashabbusi qo’llab-quvvatlandi.

Pichoqchi MFYda esa "Rof Fud universal" MChJda qishloq xo’jaligi mahsulotlari, ya'ni mevalar qayta ishlab chiqarilmoqda. Hikmatullo Usmonov tashabbusi bilan ishga tushirilgan korxona uchun 5 mlrd. mablag’ sarflangan. Tadbirkor viloyat rahbariga 5 qavatli restoran qurish bo’yicha loyihasini taqdimot qildi.

Yuksalish MFYdagi "Yoshlar" kichik sanoat zonasi hududida tashkil etilgan "M.G.T Global" O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. 300 ming dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan korxonada 100 ga yaqin ayol-qizlar bandligi ta'minlandi.

Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan suhbatlashib, koreyalik investorlarni uchrashuvga taklif qildi. Tarmoqni kengaytirish, mahsulotlar turini ko’paytirish bo’yicha takliflar bildirildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram