Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ TUMANIDAGI “HAMZA EXPO ART TEXTILE” PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR BILAN TANISHILDI

×

 2024-09-12 23:48:05    522

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Oltiariq tumanidagi “Hamza Expo Art Textile” paxta-to’qimachilik klasteri tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Mazkur klaster tomonidan paxta yetishtirishdan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan sanoat zanjirini yaratish ishlari olib borilmoqda. Obod MFY hududida 7 gektar maydonda mato, to’quv mahsulotlari va trikotaj mahsulotlari, kalava ip ishlab chiqarish majmuasidan iborat 40 mln. dollarlik loyiha bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.

Viloyat rahbari bu yerdagi oliy sifatli kalava ip ishlab chiqarish korxonasining yakuniy ishga tushirish bilan bog’liq jarayonni ko’zdan kechirdi. Mazkur loyiha uchun 13 mln. dollar investitsiya jalb etildi hamda Germaniya, Xitoyning zamonaviy dastgohlarini o’rnatish ishlari yakunlanmoqda. Korxona yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi hamda bu yilgi paxta mavsumining yangi hosilini yuqori sifat bilan qayta ishlaydi. Mazkur loyiha natijasida 300 ta yangi ish o’rni yaratildi hamda klasterda ishchilar soni 1200 taga yetdi.

Shu yerning o’zida tashkil etilgan tikuv va mato ishlab chiqarish korxonasida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning 95 foiz mahsulotlari Polsha davlatiga eksport qilinyapti.

Viloyat rahbari yangi korxonani ishga tushirishni tezlashtirish va ish o’rinlari yaratish borasida ko’rsatmalar berdi.

Tegirmonboshi MFY hududida "UNIMAX METAL" MChJ tomonidan shurp va samarez mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari bilan tanishildi. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln. dollar bo’lib, 200 ta ish o’rni yaratiladi.

Viloyat rahbari tomonidan korxonani o’z vaqtida ishga tushirish, qurilish-montaj ishlarini yakunlash bilan bog’liq masalalarda mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram