Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 422 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA PREZIDENT QAROR VA FARMONLARI IJROSINI TA'MINLASH BO’YICHA SEMINARLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2024-09-19 17:20:04    718

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi viloyat “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida 18-19 sentyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-109-sonli Farmoni hamda “Kichik biznesni uzluksiz qo’llab-quvvatlash kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-312-sonli Qarori ijrosini ta'minlash, uning mazmun-mohiyatini mas'ullarga yetkazish yuzasidan seminar o’tkazildi.

Mazkur seminarlarda Markaziy bank raisining birinchi o’rinbosari Nodirbek Saydullayev, viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov, viloyat tijorat banklari rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining birinchi o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Dastlabki kungi seminarda faktoring - pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish xizmati ekanligi, ushbu xizmatdan foydalanish tadbirkorlarga katta imkoniyatlar yaratib berishi, faktoring xizmati orqali realizatsiya qiluvchilarning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyoji qondirilishi haqida ma'lumotlar berildi. Shu bilan birga, ushbu xizmatda garov ta'minotining talab etilmasligi, savdo aylanmalari tezligini oshirib, talabni o’z vaqtida qondirish imkoniyati yaratilgani ta'kidlandi.

Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlashning uzluksizligi va barqarorligini ta'minlash, bank va mikromoliyalashtirish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilingan “Kichik biznesni uzluksiz qo’llab-quvvatlash kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-312-sonli Qarori ijrosini joylarda tashkil etish, amalga oshirish mexanizmlari va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimotlar orqali tushunchalar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram