Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 466 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI OLTIARIQ TUMANIDAGI MAHALLALARDA ISHGA TUSHIRILGAN MIKROLOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-09-19 19:04:45    779

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Oltiariq tumanida bo’lib, mahallalarda ishga tushirilgan mikroloyihalar bilan tanishdi.

Dastlab Sharq MFYda tadbirkor Bahodir Madumarov tashabbusi bilan tashkil etilgan tikuvchilik tarmog’i faoliyati ko’rildi. Ushbu tsexda hozirda 35 nafar mahalliy ayol-qizlar ish bilan band qilingan.

Viloyat hokimi bilan muloqot davomida tadbirkor faoliyatini kengaytirib, yana qo’shimcha 100 ta ish o’rni yaratmoqchi ekanligini ma'lum qilib, bu ishlarni boshlash uchun 300 mln. so’m miqdorida bank krediti olishda ko’mak so’radi. Tadbirkorga ko’mak berish bo’yicha topshiriq berildi.

Ushbu mahallada tadbirkor Abdullajon Dadajonov yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va servis markazini ishga tushirdi. Uchta joyda shunday xizmat ko’rsatish tarmog’i bor. Ushbu markazda tumandagi ikki mingdan ortiq furalar hamda maxsus mashinalarga xizmat ko’rsatiladi. Bu yerga maxsus ustalar olib kelingan. Tadbirkor rejasi borligini ma'lum qilib, servis xizmat ko’rsatish sifatini oshirish uchun joy so’rab murojaat qildi. Viloyat hokimi tadbirkorni qo’llab-quvvatlab, ushbu masalada ko’mak berilishini ma'lum qildi. Unga 2 gektar yer maydoni ajratiladigan bo’ldi.

Beruniy MFYda “Olmaxon aya tekstil” korxonasida bolalar uchun kiyim-kechaklar tikish bilan 60 nafar xodimlar band. Gulobod MFYdagi bo’sh turgan binoda tadbirkor Sherzodbek G’oziyev poyabzal va tikuvchilik tarmog’ini yo’lga qo’ydi. 30 ta ish o’rni yaratildi. Mega poligraf korxonasida esa futbolkalar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu korxonada 40 ta ish o’rni yaratilgan.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumandagi shu kabi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlarga eng asosiy masala ishlab chiqarishni kengaytirish va ish o’rni yaratib aholini bandligini ta'minlash ekanligiga e'tibor qaratdi.

Tuman sektorlari rahbarlariga ish o’rni yaratib, tuman iqtisodiga o’z hissasini qo’shayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqotda bo’lib, masala-muammolarini hal etishga ko’maklashishlari bo’yicha ko’rsatmalar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram