Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 395 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JORIY YILDA FARGʻONA VILOYATIDA "MEZON" FERMER XO‘JALIGI TAJRIBASI ASOSIDA PAXTA YeTISHTIRISHNING YANGI TEXNOLOGIYALARI QO‘LLANILYAPTI

×

 2024-09-19 21:20:27    848

PDF yuklash
Chop etish


Shu asosda Yozyovon tumanidagi mazkur fermer xo’jaligida amaliy seminar o’tkazildi. Seminarda har bir tumandan 50 nafardan fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirok etishib, yangi usul va agrotexnologiyalar bilan tanishdilar.

Viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov paxta yetishtirishning yangi usuli va afzalliklari haqida ishtirokchilarga to’liq ma'lumot berdi.

Kunning ikkinchi yarmida tuman hokimlari, ularning qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida seminar davom etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov paxtachilikdagi yangicha yondashuvlar hosildorlikni ikki, uch barobarga oshirib, fermerlar uchun manfaatdorlik ortayotganligini ta'kidladi. Bu yil ilk bor mavsumda 65 ta terim mashinalari ishtirok etayotgani, uning afzalliklariga e'tibor qaratdi. Shu bilan birgalikda paxta mavsumini sifatli o’tkazish, g’alla ekish borasidagi vazifalar belgilab berildi.

Viloyat sektorlari rahbarlari, tuman hokimlari dala maydonidagi paxta hosili va Swan hamda John Deere terim mashinalarining ish jarayonini kuzatdilar. Hisob-kitoblarga ko’ra, hosildorlik 70 tsentnerni tashkil etmoqda.

Qur'on tilovat qilinib, yurtga tinchlik-omonlik, dehqonchiliklarga baraka tilandi.

Tadbir yakunida eng ilg’or terimchilar taqdirlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram