Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDAGI IJODKORLAR BOG’INING AMFITEATRIDA “ATLAS BAYRAMI” OLTINCHI XALQARO AN'ANAVIY TO’QIMACHILIK FESTIVALINING YOPILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

×

 2024-09-21 23:28:16    702

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi so’z olib, “Atlas bayrami” festivalining ahamiyati haqida to’xtaldilar, festivalni ko’tarinkilik bilan o’tkazishda o’z hissalarini qo’shgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirildi.

“Atlas bayrami” festivali milliy hunarmandchilik va turizmni yanada rivojlantirish va ommalashtirishga, davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, hunarmandlar o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgani va bu sa'y-harakatlar davom etayotganligi ta'kidlandi.

Festivalda dunyoning 30 ta davlatidan kelgan an'anaviy to’qimachilik va dizayn sohasining yetakchilari, hunarmandlar, san'atshunoslar, art-menejerlar, an'anaviy hunarmandchilikni boshqarish sohasi mutaxassislari ishtirok etganiga e'tibor qaratildi.

Tadbir davomida xalqaro hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan festival doirasida turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar qatoridan o’rin olgan mahalliy va xorijlik ishtirokchilar e'lon qilindi, ularga diplom, maxsus statuetka va esdalik sovg’alari viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, YuNESKO ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bayram kechasida Ozodbek Nazarbekov, Shoxruhxon, Bunyodbek Saidov, Ozoda Nursaidova, Ilhom Ibrohimov va boshqa taniqli san'atkorlar, folklor jamoalari ishtirokidagi kontsert dasturi yig’ilganlarga yanada ko’tarinkilik, xush kayfiyat ulashdi.

Marg’ilon shahrida o’tkazilgan "Atlas bayrami" oltinchi an'anaviy xalqaro to’qimachilik festivali yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram