Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 346 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zA: Bank ko‘magi – tadbirkorlarga madad

×

 2019-03-03 15:02:18    115

PDF yuklash
Chop etish


O‘tgan yili Marg‘ilon shahrida "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida 567 ta xonadonga 12,6 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Mazkur mablag‘ning 4,8 milliard so‘mi tikuvchilikni yo‘lga qo‘ygan 282 oilaga yo‘naltirildi. SHaharning Iqbol mahallasida yashovchi Turdixon Abdullaeva rahbarligidagi “Doniyor texno biznes” oilaviy korxonasi shular jumlasidan.

Turdixon opa 2018 yil dekabr oyida “Agrobank”ning Marg‘ilon filialidan 25 million so‘m imtiyozli kredit olib, 5 nafar qizi, kelini, nabirasi va singlisi bilan birga ayollar ko‘ylagi, xalat, chopon, futbolka va milliy kiyimlar ishlab chiqara boshladi. Mana, 3 oydirki, har oyda 15-20 million so‘mlik mahsulot ichki bozordan tashqari qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga ham etkazib berilmoqda.

Turdixon Abdullaevaning qo‘shnisi Bahromjon Mirxo‘jaev ham o‘tgan qisqa vaqtda bankning 25 million so‘mlik imtiyozli kreditidan foydalangan holda 2000 dona ayollar sumkasi va 3500 juft ayollar poyafzali ishlab chiqardi. Eng muhimi, bu erda 15 nafar ayol doimiy ish bilan ta’minlangan.