Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 346 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“Daryo”: Farg‘onaga bu yil 1 million nafar sayyoh kelishi kutilmoqda

×

 2019-03-06 11:45:08    133

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati tarixiy obidalari, zamonaviy inshootlari, ayniqsa, maftunkor tabiati bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda.

“O‘tgan yili 61 ming 200 nafar xorijiy, 742 ming nafar mahalliy sayyohga xizmat ko‘rsatildi. Germaniya, Fransiya, Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya singari davlatlardan tashrif buyuruvchilar har yilgidan ko‘proq bo‘lib, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 3 barobar oshgan. Tarixiy, madaniy, ziyorat, agro, sog‘lomlashtirish, gastronomik turizm kabi yo‘nalishlarda tegishli dasturlar ishlab chiqilib, viloyatdagi 22 turoperatorlik firmalari bilan hamkorlikda sayohatlar tashkil etilmoqda”, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Temirov.

O‘tgan yili Marg‘ilon shahrida “Atlas”, Qo‘qon shahrida “Silk road Kokand”, “Asr”, “Asmald hotel” kabi mehmonxonalar ishga tushirilgan. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 10 ta restoran va umumovqatlanish obyekti qurilgan. Farg‘ona xalqaro aeroporti, Marg‘ilon va Qo‘qon temir yo‘l vokzallari, Ahmad Farg‘oniy istirohat bog‘i, Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarining turistlar gavjum 31 hududida “Wi-Fi” zonalar tashkil etilgan. Aeroport, temir yo‘l vokzallari va Marg‘ilon shahridagi “Qumtepa” bozori hududida turistik axborot markazlari faoliyat boshlagan.

2019-yilda viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlar umumiy sonini 1 million nafarga yetkazish mo‘ljallangan. Turizm salohiyati va infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘i, bank kreditlari, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan 58 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu yil Farg‘ona ko‘plab xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi.

Viloyatda turistik oqim sezilarli darajada ko‘payishini hisobga olib, joriy yilda 30 dan ortiq yangi mehmonxona xizmatini tashkil etuvchi tashabbuskorlar aniqlangan. Umumiy qiymati 26,2 million dollarlik 22 investitsiya loyihasi shakllantirilib, hozirgi kunda ularning 10 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda.