Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 193 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

×

 2019-12-10 15:48:19    225

PDF yuklash
Chop etish


Ona yurtimiz madhiyasi. O'lkamiz serquyoshligining ta'kidi bilan boshlangan qo'shiq mutlaq haqiqat ekanini o'ylaysiz. Zero, quyosh hammaga teng nur sochgani kabi, inson qadrining ulug'ligini  bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda, ulkan bunyodkorlik ishlari  bois ona vatanimiz obod bo'lib borayotganidan ko'rishimiz mumkin.

    Qudratli mamlakatimizning bepoyon kengliklari, go'zal tabiati, purviqor tog'lariyu jannatmonand bog'lari, ko'hna daryolariyu oydin ko'llari, ko'kka bo'y cho'zgan shaharlariyu chiroy ochgan qishloqlari, buyuk ajdodlarimizning barhayot siymolari va ularga munosib avlodlarning azmu shijoatga to'la nigohlari, bag'rikeng, mehmondo'st xalqimizning yuksak bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyati, buguni va ertasi, sarhadlarda sergak turgan tinchlik posbonlariyu baxtli hayotdan masrur o'g'il-qizlarning shodon kulgulari, mustaqil Vatanimizning shonu shuhrati bularning barchasi O'zbekiston madhiyasida o'z ifodasini topgan.  

O'zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan I.Karimov nomidagi San'at saroyi ochiq maydonida o'tkazilgan tantanali tadbirda Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniev so'z olib, mustaqillikning ilk kunlaridan xalqimizning ozodlik, hurlik singari eng buyuk orzu-intilishlarini, ma'naviy qadriyatlarini ifodalovchi, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtga sadoqat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka undovchi Bosh qo'shiqni qabul qilishga asosiy e'tibor qaratilgani, mehnatkash va ochiqko'ngil xalqimiz bilan mustaqil mamlakatimiz yuksak taraqqiyot, buyuk kelajak barpo etish sari dadil odimlayotgani haqida gapirdi. Shuningdek, ulug' xalqning mangu qo'shig'i – madhiyamiz  farzandlar qalbida  ona Vatanimizdan g'ururlanishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga, bugunimizning qadriga etishga, yangi marralarni zabt etishga undayverishini ta'kidlab o'tdi.

 

  Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuylandi.

 


Davlat suverenitetining ramzi – madhiyamiz sadolari xalqimiz qalbida yuksak vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytirmoqda.

 

 Milliy madhiyamiz muazzam sadolari davlatimiz rahbarining turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog'ida, O'zbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini kutib olish marosimlarida, yurtimizda o'tayotgan umumxalq bayramlarida, yirik xalqaro anjumanlar, tinchlik va do'stlik kelishuvlarida, sport musobaqalarida va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda eng baland shohsupaga ko'tarilgan olamshumul daqiqalarda baralla yangrayversin!

                              Farg'ona viloyat hokimligi Axborot xizmati