Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 337 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARGʻONA VILOYATI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATIDAN

×

 2020-01-24 16:46:26    117

PDF yuklash
Chop etish


“Ozodlik” radiosining telegram kanalida “Klasterlar fermerning milliardlab pulini bermaëtgani ortidan yerni yangi mavsumga hozirlash kechikmoqda” nomli maqolasi yuzasidan Uchko’prik tumani hokimligi Axborot xizmati Bayonot berdi. Bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotganligini inobatga olib, Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati uni o’z telegram kanaliga ham joylashtirdi.

UCHKO’PRIK TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYONOTI

     “Ozodlik” radiosining telegram kanalida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda “Klasterlar fermerning milliardlab pulini bermaëtgani ortidan yerni yangi mavsumga hozirlash kechikmoqda” degan xabar tarqatildi. Unda ko’tarilgan masala yuzasidan shularni ma'lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda fermer xo’jaliklarining 10-11 ming nafar a'zolariga ish haqlari va terim pullari o’z vaqtida berilmagani qayd etilgan. Aslida, tumandagi paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida 5-6 ming nafar atrofida a'zolar bor va ularga 2019 yil paxta terimi mavsumi davomida 17 milliard 168 million so’m ish haqlari o’z vaqtida to’lab berilgan. Ayni paytda bu borada qarzdorlik mavjud emas.

Shuningdek, sarflangan neft-yoqilg’i mahsulotlari uchun to’lovlar ham to’liq hisob-kitob qilingan va ayni paytda yerlarni yangi mavsumga hozirlash ishlari o’z vaqtida, belgilangan tartibda bajarilmoqda.

Bundan tashqari, tuman hokimi fermerlarni hokimlik zaliga qamab, quruq shartnomaga majburan qo’l qo’ydirib olgani haqidagi vaj ham mutlaqo asossiz va noto’g’ridir. Belgilangan tartibga ko’ra, klaster korxonasi va fermer xo’jaliklari o’rtasidagi shartnoma Adliya bo’limi mutaxassislari tomonidan ko’rib chiqilib, tegishli huquqiy xulosa berilganidan so’ng imzolanadi. Mazkur shartnomalar imzolanganidan keyingina fermer xo’jaliklari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Demak, bu shartnomalarning imzolanishidan, eng avvalo, fermerlarning o’zlari manfaatdordir.

Uchko’prik tumanidagi 174 ta fermer xo’jaligi 2019 yilda yetishtirilgan paxta xom ashyosini sotish bo’yicha “Real trans logistik” korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma imzolagan. Mazkur shartnomalarga asosan klaster korxonasi fermer xo’jaliklariga 22 milliard 480 million so’m mablag’ to’lashi lozim bo’lgan.

Fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi “Agrobank” tuman filialidan olingan ma'lumotga ko’ra, 23 yanvar holatiga klaster tomonidan 14 milliard 700 million so’m mablag’ tushirib berilgan. Shundan 6 milliard 700 million so’mi fermer xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini bartaraf etish uchun yo’naltirilgan, qolgan mablag’ esa fermer xo’jaliklarining hisoblariga o’tkazilgan.

Mazkur masala Uchko’prik tumani hokimligi tomonidan to’liq nazoratga olingan. Tuman hokimi fermer xo’jaliklari rahbarlari, klaster tashkiloti va xizmat ko’rsatuvchi bank vakillari bilan muloqot o’tkazdi.

Muloqot chog’ida klasterning fermer xo’jaliklaridan yana 7 milliard 780 million so’m qarzdorligi ma'lum qilindi. Klaster tashkiloti rahbariyati ushbu qarzdorlik 1 fevralga qadar to’liq to’lanishini bildirdi. Uchrashuvda klaster va fermer xo’jaliklari rahbarlari o’rtasidagi tushunmovchilik to’liq bartaraf etildi.

Fermer xo’jaliklari rahbarlari ham yuqoridagi hisob-kitoblarni tasdiqlashib, klaster tashkilotiga e'tirozlari yo’qligini bildirishdi.

Bundan tashqari, “Avazxon paxtakor”, “Far Uchko’prik parvoz”, “Abdusalim Dehqonbev”, “Qurbonqashqar zamini”, “Xosiyatxon quvonchi” fermer xo’jaliklari rahbarlarining ma'lum qilishicha, ular ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ariza mazmunidan to’la xabardor bo’lishmagan. Ular arizaning oxirgi sahifasiga imzo va muhr qo’yishganidan keyin, 1-4-sahifalardagi ma'lumotlar o’zgartirilgan.

- Arizaning mazmunini ijtimoiy tarmoqlarda o’qib, keyin bildik. Unda yozilgan ma'lumotlarning aksariyati to’qib chiqarilgan. Dilshodjon arizani prokuraturaga yuborib, pullaringizni undirib beramiz, degani uchun qo’l qo’yib bergandik. Bizning nomimizdan bunday tuhmat gaplar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishini bilmagan edik, - deyishdi fermer xo’jaliklari rahbarlari.        

Uchko’prik tumani hokimligi Axborot xizmati