Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 471 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AHOLIGA DAVLAT XIZMATLARI KO’RSATISH DEPUTATLAR TOMONIDAN O’RGANILMOQDA

×

 2020-02-07 19:47:17    139

PDF yuklash
Chop etish


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, parlament quyi palatasininig innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo’mitasi a'zolaridan iborat ishchi guruhi Davlat Xizmatlari Agentligi Farg’ona viloyati hududiy tuzilmasida Elektron hukumat sohasi amaliyotiga oid qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi samaradorligini o’rganmoqda.

Deputatlar davlat xizmatlarini elektronlashtirish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalarining idoralararo integratsiya qilinishini ta'minlashga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishi ko’zda tutilgan.

Oliy Majlis deputatlaridan iborat ishchi guruh DXA Farg’ona viloyat boshqarmasi va shahar agentligida soha faoliyati bilan tanishdilar, aholiga xizmat ko’rsatishdagi qulayliklar va tajribalarni umumlashtirib, ayrim muammolar haqida fikr almashishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G’aniyev boshchiligidagi qo’mita a'zolari shuningdek,  viloyatning 4 ta hududida - Oltiariq, Yozyovon, Bag’dod, Uchko’prik tumanlari Davlat Xizmatlari Markazlari faoliyatini ham o’rganishi rejalashtirilgan.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube