Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 435 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AMIT LOXIA: “FARG’ONAGA INVESTITSIYA  KIRITISH – ISTIQBOLLI”

×

 2020-02-07 21:28:27    137

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, Singapurning “INDORAMA Corporation” kompaniyasi keyingi yillarda viloyatimizda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu borada kompaniya tomonidan Qo’qon shahrida to’qimachilik sanoatini rivojlantirish bo’yicha bir necha istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Ayni jarayonda o’zaro ishonchli hamkorlik ko’lami zamonaviy mezonlar asosida rivojlanmoqda.

Shu yilning 7 fevral kuni kompaniya vitse-prezidenti Amit Loxia boshchiligidagi delegatsiya a'zolari viloyatimizda bo’lib, hamkorlik ko’lamini yangi bosqichda rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev bilan uchrashdi va kelgusida viloyatimizda qo’shma investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha muzokaralar olib bordilar.

— “INDORAMA Corporation” kompaniyasi viloyatimizda ko’plab istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etayotganidan behad mamnunmiz,—dedi mehmonlarni qutlab viloyat rahbari. — Ishonamizki, o’zaro do’stona va ishonchli hamkorligimiz bundan buyon ham izchil davom etadi.

Samimiy muloqot jarayonida Qo’qon shahridagi “Indorama Kokand textile” MChJ shaklidagi qo’shma korxonasi faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida so’z yuritildi. Shuningdek, Singapur kapitali ishtirokidagi “Qo’qonsuperfosfat” AJ negizida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish masalalari o’rganildi.

Kompaniya tomonidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritish orqali “Farg’onaazot” AJ korxonasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori kimyoviy mahsulotlarning yangi turlari hamda neft-gaz va to’qimachilik sanoati uchun kimyoviy qo’shilmalar ishlab chiqarish bo’yicha qiymati 170 million AQSh dollari miqdoridagi loyihani amalga oshirish istiqbollari kelishib olindi.

— Dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida korxonalarimiz tashkil etilgan. Ammo Farg’ona viloyatida eng muvaffaqiyatli biznes yuritmoqdamiz va faoliyatimiz ko’lami tobora kengayib borayotganidan behad mamnunmiz, — dedi kompaniya vitse-prezidenti Amit Loxia. — Investitsiya muhiti yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasida yurtingizdagi keyingi o’zgarishlar juda ham quvonarli. Bu galgi tashrifimizdan ham taassurotlar bir olam. Aynan Farg’onada yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgani ham bejiz emas. Bugun hamkorlik istiqbollarini kengaytirish maqsadida Qo’qon va Farg’ona shahrida olib borilgan muzokaralar juda ham samarali o’tdi.

Uchrashuvda milliy an'analarimizga ko’ra, viloyat hokimi mehmonlarga qimmatbaho esdalik sovg’alarini topshirdi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube