Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GENERAL ALMATOV NIMADAN TASHVISHDA?!

×

 2020-02-11 19:32:01    201

PDF yuklash
Chop etish


Inson yoshlikdan irodasini baquvvat qilishi kerak. Boisi irodasi kuchli odamning kelajagi bor. Ba'zi hayotiy qiyinchiliklar yoki irodasizligi sababli to’g’ri yo’ldan adashayotgan, oilasi va ota-onasi boshini egayotgan ayrim yoshlar xatti-harakati jamiyatimiz uchun bitmaydigan jarohatdir.

Bugun dunyoda bo’layotgan shiddatli o’zgarishlarni teran kuzatayotgan yoshlar har bir jarayonga aql, bilim va tafakkur nuqtai nazaridan baho bersa, aslo yutqazmaydi. Shuning uchun ham jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har bir yigit-qizning ezgu maqsadi bo’lishi zarur.

Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-kontsert saroyida O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov farg’onalik yoshlar bilan uchrashuvda ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan bog’liq ana shunday muhim jihatlarga jiddiy e'tibor qaratdi.

Shuningdek, barkamol avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda general Almatov mustaqillik arafasida va istiqlolning dastlabki yillarida yurtimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul, jinoyatchilikka qarshi kurashish singari mashaqqatli sinovlardan qanday o’tilgani xususida achchiq xotiralarni esga oldi. Bugungi baxtli va farovon hayotimiz og’ir va mashaqqatli mehnatlar samarasi ekanligini ta'kidladi.

- Prezidentimiz, davlatimiz kelajak vorislari, mamlakatimiz taraqqiyoti poydevori bo’lgan siz yoshlar taqdiri borasida otalarcha mehribonlik bilan qayg’urmoqda, - dedi general. – Ammo ba'zi yoshlarimizni to’qlikka sho’xlik qilayotgani, bunday imkoniyat va sharoitlarning qadriga yetmayotgani barchamizni tashvishga soladi. Afsuski, orangizda diniy-ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolayotgan, narkotik moddalar domiga tushgan, arzimas sabablar bilan jinoyat sodir etayotgan tengdoshlaringiz yo’q emas. Ijtimoiy tarmoqlardagi jirkanch g’oyalar targ’iboti ularni qarmoqqa ilintirayotgani ham ayni haqiqatdir.

General Almatov samimiy suhbat davomida o’z hayotiy tajribalari asosida ichkilikbozlik va giyohvandlik ta'siriga tushib oilasini barbod qilgan, ota-onasini elu yurtda sharmanda qilayotgan noqobil farzandlarning anyachli qismati haqida ta'sirli voqealar aytib berdi. Ichki ishlar faxriysi yaxshi farzand ota-onaning umri uzun bo’lishiga xizmat qilishini qayta-qayta takrorladi.

Uchrashuvda yurtimizda tinch-osoyishta hayot uchun fidokorona mehnat qilgan bir guruh ichki ishlar idoralari faxriylari, a'lochi va namunali xulqli yoshlarga Zokirjon Almatov haqidagi “Bir umrlik jasorat” kitobi sovg’a qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube