Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 219 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARG’ONA VILOYATIDAGI XALQ QABULXONASI MUDIRI TAYINLANDI

×

 2020-02-19 10:35:21    359

PDF yuklash
Chop etish


Shu yilning 18 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyatidagi Xalq qabulxonasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari Ulug’bek Muhammadiyev ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda viloyatdagi to’rtta sektor, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, bo’lim va boshqarmalar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shahar-tumanlardagi Xalq qabulxonalari mudirlari qatnashdi.

Yig’ilishni viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Shuhrat G’aniyev ochdi va olib bordi.

Kun tartibiga kiritilgan tashkiliy masala yuzasidan U. Muhammadiyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Nizomiddinovning 2020 yil 13 fevral kungi G’.M.Boborahimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlash to’g’risidagi Farmoyishini o’qib eshittirdi.

- Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha bir qator ezgu tashabbuslarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda, - dedi U. Muhammadiyev. - Bundan buyon Xalq qabulxonalarida to’rtta sektor bilan hamkorlikda yoshlar masalalari bilan ishlash bo’yicha shtablar faoliyati yo’lga qo’yiladi. Bevosita uyushmagan yoshlar bilan ishlash, beshta tashabbus doirasida ilgari surilgan ezgu maqsadlarni amaliyotga joriy etishda Farg’ona ahli izchil sa'y-harakatlarni davom ettirishiga ishonamiz. Ayni jarayonda Xalq qabulxonalari faoliyati ana shunday mezonlar asosida takomillashib boradi.

Farg’ona viloyati hokimi Sh. G’aniyev G’ulomjon Boborahimovning uzoq yillar mobaynida Farg’ona va Namangan viloyatlari IIB tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlab juda katta hayotiy tajribaga ega bo’lganligini ta'kidlab, ushbu mas'uliyatli vazifada ham halol va sidqidildan mehnat qilishiga yuksak ishonch bildirdi.

Yig’ilishda viloyat faollari oldida turgan muhim vazifalar sarhisob etildi va o’zaro hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar belgilandi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube