Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TIMOTI TORLOT:- FARG’ONAGA MAFTUN BO’LIB QOLDIM

×

 2020-02-19 15:57:01    138

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston va Buyuk Britaniya muhim xalqaro sherik hamda strategik hamkor sanaladi. Shu o’rinda aytish kerakki, Buyuk Britaniya dunyoning ulkan siyosiy, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega bo’lgan yetakchi va nufuzli mamlakatlaridan biridir.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev Buyuk Britaniya birlashgan qirolligining O’zbekistondagi elchisi janob Timoti Torlotni qabul qildi.     



Viloyat hokimi O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasidagi an'anaviy do’stlik va ko’p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Jumladan, 2019 yilda  imzolangan “O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim” ikki davlat orasidagi hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishligini, o’tgan  yilning o’zida Farg’ona viloyati bilan Buyuk Britaniya o’rtasidagi o’zaro tashqi savdo aylanmasi 1 mln. dollarni tashkil etganligini aytdi. Shuningdek, bugungi kunda viloyatda Buyuk Britaniya kapitali ishtirokidagi 12 ta korxonalar faoliyat olib borayotganligi,unda 2,5 mingdan ortiq ishchi xizmatchilar mehnat qilayotganligi alohida ta'kidlandi.



Uchrashuv chog’ida 4 ta ustuvor yo’nalishlar bo’yicha: ta'lim, sog’liqni saqlash, moliyaviy xizmatlar va raqamli iqtisodiyot hamda hunarmandchilik, turizmga oid loyihalarni amalga oshirish borasida o’zaro fikr almashishdi.



- Farg’onaga ikkinchi marotaba kelishim. Ilk bor Qo’qonda xalqaro hunarmandchilik festivalida qatnashganman. Farg’ona xalqining mehnatsevarligi, milliy qadriyatlariga sadoqati, ipak matolari-yu qo’lda ishlangan hunarmandchilik buyumlaridan hamon ta'sirdaman. Bu galgi rasmiy tashrif chog’imda viloyatning qishloq xo’jalik maydonlari, bog’-rog’lari, sanoat, qurilish sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldim. YEvropa Ittifoqidan chiqqan Buyuk Britaniya birlashgan qirolligining O’zbekiston, xususan Farg’ona viloyati bilan har tomonlama hamkorligi ijobiy natija berishiga ishonchim komil. Farg’ona xalqi sofdil va qalbi daryo ekan,-deydi Timoti Torlot janoblari.  



O’zaro hurmat va samimiy ruhda o’tgan uchrashuv so’nggida mehmonga esdalik sovg’asi topshirildi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube